Osiyoning eng kuchli yosh bokschilari Toshkentda tantanali kutib olindi FOTOGALEREYa

0

BAAning Fujayra shahrida o'tkazilgan boks bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida O'zbekiston terma jamoasining muvaffaqiyatli ishtirok etgani haqida xabar bergan edik. Mazkur musobaqada 8 ta oltin, 3 ta kumush va 9 ta bronza medallarini jamg'arib, umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallagan o'zbekistonlik yosh bokschilar bugun Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi. Yosh qahramonlarimizni kutib olish marosimida Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Oybek Kasimov, MOQ vitse-prezidentlari Saken Polatov va Azizjon Kamilov, O'FA rahbarining birinchi o'rinbosari Ravshan Irmatov, sportchilarimizning yaqinlari va OAV vakillari ishtirok etdi.