Sirdaryolik yigit tanish qiziga «Telegramm» orqali taqiqlangan material yuborgani uchun sudlandi

0

 

Jinoyat ishlari bo'yicha Xovos tuman sudining 2019 yil 30 avgustdagi hukmiga ko'ra, X.Xaydarov “Telegramm”dagi “Temur.uz” nomli profilidan turli diniy mazmundagi kanallarga a'zo bo'lib, ulardan O'zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, tayyorlash va tarqatish taqiqlangan aqidaparastlik g'oyalari bilan yo'g'rilgan fayllarni yuklab, o'zi eshitib, ushbu taqiqlangan materiallarni tanishi L.Miraxmedovaga eshitish uchun uning “Telegramm”da “Samira” nomli profiliga o'tkazganligi uchun X.Xaydarovga O'zbekiston Respublikasi JKning 2441-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan JKning 57-moddasi qo'llanib, 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Jinoyat ishlari bo'yicha
Xovos tuman sudining sudyasi
B.Mamadaminov