Turkmaniston poytaxtida tuxum va o'simlik yog'i tanqisligi uzundan uzun navbatlarga sabab bo'lmoqda…

0

 

Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahridagi do'konlarda, bozorlarda tuxum va o'simlik yog'i tanqisligidan odamlar erta tong soat 04: 00 dan navbatga turishni boshlashmoqda. Tuxum bo'lgan taqdirda ham baribir do'konlar soat 06: 00 dan savdo qilishni boshlaydi. Ammo odamlar odatlanib qolishgan. Albatta soat 04: 00 da uzundan-uzun navbatlar hosil bo'laveradi.

Masalan, «qoraqum» do'koniga har kuni tuxum hamda o'simlik yog'ini kech soat 17: 00 — 22: 00 atrofida olib kelishadi. Baribir odamlar ertalabki soat 04: 00 da navbatga turishadi. Tuxum esa  jon boshiga faqat o'n donadan beriladi. Nima qilishsin? Bozorda va xususiy do'konlarda bu mahsulotlar yo'q emas. Faqat ikki barobar qimmat. Masalan, davlat do'konida bir dona tuxum narxi 0, 45 manat tursa, xususiy do'kon va bozorda uni 1, 5 — 2 manatdanga pullashadi.