Yashnobod tumanidagi YTH haqidagi ma'lumot

0

17-oktyabr kuni soat 10:45 da 102 raqamiga Yashnobod tumanidagi Kichik xalqa avtomobil yo'lida besh nafar avtomobillar ishtirokida yo'l-transport hodisasi ro'y berganligi haqida xabar kelib tushdi.

«Mercedes-Benz» rusumli avtomobil haydovchisi 40 yoshli Baxtiyor A. svetoforning taqiqlovchi signaliga to'xtagan. Masofa saqlanmaganligi tufayli quyidagi avtomobillar ishtirokida birin ketin to'qnashuvlar yuz bergan: «Neksiya» rusumli avtomobilda harakatlanib borgan 32 yoshli Zoir I., «Kobalt» rusumli avtomobilda 50 yoshli Saydulla Sh., «Kaptiva» rusumli avtomobilda 19 yoshli Jahongir A. va «Neksiya» rusumli avtomobilda 56 yoshli Mirahmad A. Voqea sababli hech kim jabr ko'rmadi.

Hurmatli haydovchilar! Unutmang, zarur bo'lganda muammosiz to'xtashga imkon bo'ladigan tezlikda masofa saqlagan holda harakatlanishingiz kerak. O'zingizni ehtiyot qiling! Sizning sog'lig'ingiz hamda avtomobilingizning butunligi o'z qo'lingizgidadir.

loading...