Livan hukumati «WhatsApp» dan foydalanuvchilarga soliq joriy etishni rejalashtirdi. Ammo…

0

 

Shu kunlarda Livan ko'chalariga odam degani sig'maydi. Fuqarolar hukumatning «WhatsApp»dan foydalanuvchilarga nisbatan soliqlar joriy etish haqidagi rejasiga qarshi norozilik aksiyalari tashkil etishdi. Namoyishlar tartibsizliklarga aylandi. Ular hukumat rahbarlarini korrupsiyada ayblashmoqda.

Livan vazirlar mahkamasi rejasiga ko'ra, har bir «WhatsApp» hamda boshqa internet messenjerlaridan foydalangan fuqaro oyiga 6 dollardan soliq to'lashini kerak. Bundan tashqari, chetdan keltirilgan har bir quti sigaret uchun 1, 3, mahalliy fabrikalar ishlab chiqargan sigaretlarning har bir qutisi uchun 0, 5 dollardan soliq to'laydi. 2020 yilga borib bu soliqlar miqdori 15 foizga oshiriladi.

Ommaviy tartibsizliklar Beyrut, Xalde, Sayda shaharlarini qurshab olgan. Namoyishchilar Beyrut-Damashq yo'lini yopib qo'ygan. Olomon mashinalar shinalarini va axlatlarni yoqib, politsiyachilarga qarata molotov kokteyllarini irg'itishdan tiyila olmayapti. Hozirning o'zida tartibsizliklar oqibatida 200 kishi jiddiy jabr ko'rgan. Ularning 60 nafari politsiyachilardir.