ROSSIYaNING UChINChI JAHON URUShIGA ATALGAN YaGONA QUROLI…

0

 

«National Interest» nashri yaqinda Rossiyaning Uchinchi Jahon urushida qo'llaydigan yagona quroli haqida maqola e'lon qildi. U «Yuriy Dolgorukiy» deb nomlangan suvosti kreyseri ekan. Aynan shu suvosti kemasidan o'tgan yil may oyida «Bulava» nomi ostidagi to'rtta ballistik raketa havoga uchirilgan. Bu sinovlar Kamchatkadagi Kura poligonida amalga oshirilgan. «Bulava» ballistik raketalari juda kichik parvoz traektoriyasiga ega. Shuning uchun ham raketani aniqlash yoki urib tushirish jiddiy qiyinchiliklar tug'diradi. «Bulava»ning sof vazni 40 tonnadan iborat bo'lib, raketa mudofaasiga qarshi uskunalarning jami 40 ta zarbasiga bexato chap bera oladi. «Bulava» ballistik raketalari birinchi zarbadayoq mo'ljalga olingan dushman ob'yektlarini yo'q qiladi.