XXI ASR MAUGLISI… (yoki piyonista onaning pedofillarga atalgan arzongarov qizi)

0

 

Rossiyaning Orlov viloyatida ko'p bolali piyonista, xudo qarg'agan, ismi-sharifi sir tutilgan ayol shu kunga qadar 12 yashar maugli qizini pedofillarga bir shisha aroq evaziga vaqtinchalik o'ynash sifatida pullab kelgani ma'lum bo'ldi. Qizni doimiy tarzda begona ko'zlardan panada berkitib yashagan. Uyda maugli qiz qafasda saqlangan. Biror yerga borish kerak bo'lsa uni g'ildirakli sumkaga qamab yo'l bosgan. Qizaloq to'rt oyoqda yuradi. Gapira olmaydi.

Politsiyachilar qizaloq mauglini Orlovdagi Krugloy nomli shifoxonaga yotqizishdi. Uning ahvoli juda og'ir edi. Bu maugli qizaloq bilan uzoq vaqt psixiatr ishlashi kerak bo'ladi. Shifoxona vakillarining aytishicha, bu qiz gapira olmaydi. Buning o'rniga it kabi huradi, bo'ri kabi uvillaydi. Karavotda yotishdan qat'iyan bosh tortgan va yugurgancha palataning bir burchiga borib yotib olgan. Ovqat keltirishsa, jon jahdi bilan idishga tashlanadi. Qoshiqda ovqatlanishni bilmaydi. Qo'lida ovqat yeydi.

Qizaloqning piyonista va mas'uliyatsiz, qalbsiz, xudo qarg'agan onasini qamoqqa olishgan. U qilmishiga yarasha albatta jazosini oladi.