Iqlimning ommaviy ravishda isishi Ebola virusi yanada keng tarqalishiga sabab bo'larkan…

0

 

Angliya, Amerika, Finlyandiya va Ispaniya olimlarining birgalikda o'tkazgan tadqiqotlari dunyoda iqlimning ommaviy tarzda isishi ilgari Afrika xalqlarining ko'pini o'limga yuz tuttirgan Ebola virusi keng tarqalishiga olib kelishini aniqlab berdi. Bu gal virus birinchi bo'lib yana Afrikaga yo'l oladi va oldin qadami yetmagan hududlarni zabt etadi. Ana undan keyin boshqa davlatlar sari yurish boshlaydi. Iqlimning ommaviy tarzda isishi virusning hayvonlardan odamlarga yuqish tezligini to'rt barobarga oshiradi. Bundan tashqari, iqlimning ommaviy isishi «Vibrio» bakteriyalari urchishini ham ta'minlarkan. Bu bakteriya o'latdan gastroenteritgacha bo'lgan xavfli xastaliklarni tarqatadi. U inson organizmiga oddiy suv, baliq mahsulotlari orqali o'tishi mumkin.