Ispaniya olimlarining fikriga ko'ra quyidagi mahsulotlarni yemaslik kerak ekan…

0

 

Ispaniya dietologlari o'z izlanishlari davomida bir qator oziq-ovqat mahsulotlari ratsiondan chiqarib tashlanishi lozimligini aniqlashdi.

Aytishlaricha, oq, oliy navli unlarni iste'moldan chiqarib tashlash lozim ekan. Oliy navli unlar qayta ishlanish jarayonida tarkibidagi barcha foydali vitaminlar yo'qqa chiqadi. Umuman, oq unni doimiy tarzda iste'mol qilish oqibatda qandli diabetga olib kelishi mumkin.

Kolbasa mahsulotlarini ham imkon doirasida yemaslik lozim. Sababi ularning ellik foizdan ortiq qismi kraxmal va shu kabi zararli qo'shimchalardan iborat bo'ladi. Yog'i olingan sut mahsulotlari ham inson organizmiga ziyon yetkazarkan. Bundan tashqari, olimlar yarimfabrikat mahsulotlarni, go'shtning qayta ishlangan turlarini iste'mol qilmaslikka chaqirib qolishadi.