Kavani Bekxemning taklifini rad yetdi

0

PSJ hujumchisi Edinson Kavani yozda «Inter Mayami»ga o'tmaydigan bo'ldi. Uni shaxsan klub prezidenti Devid Bekxem jamoaga taklif yetgandi.

Kavanining parijliklar bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozda tugaydi. 32 yoshli futbolchiga hozirda MYu hamda “Yuventus” kabi grandlar qiziqish bildirmoqda.

Urugvaylik forvard PSJga 2013-yil “Napoli”dan kelgandi. U shu vaqt oralig'ida jamoa libosida 283 o'yin o'tkazib, raqiblar darvozasini 195 bora aniq nishonga oldi.