Makgregor navbatdagi mojaroga aralashib qoldi

0

UFC’ning ikki vazn toifasi bo'yicha sobiq chempion irlandiyalik Konor Makgregor yana bir mojaroga aralashib qoldi.

The New York Times’ning xabar berishicha, Makgregor 20 yoshli qizni zo'rlaganlikda gumon qilinmoqda. 31 yoshli jangchiga bu kabi ayblov ikkinchi marotaba qo'yilmoqda. Birinchisi esa joriy yilning martida yuz bergan va o'shanda u aybsiz deb topilgandi.
Manbaga ko'ra, voqea o'tgan haftada Irlandiyaning Dublin shahridagi avto turargohlardan birida sodir bo'lgan.

Konor Makgregorning vakillari esa barcha ayblovlarni inkor qilib, bu mish-mish va bo'htondan boshqa narsa emasligini bildirishgan.