Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning qiyofadoshi o'zbek ekan…

0

 

Shu yil avgust oyida internet saytlarida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga qiyofadosh odamning surati e'lon qilingandi. Suratni avvaliga ko'pchilik Kiyev metrosida olingan deb o'yladi. Ammo keyinchalik ma'lum bo'ldiki, bu surat Moskva metrosida olinibdi. Zelenskiy qiyofadoshining ismi Umid. U asli o'zbekistonlik bo'lib, Moskvadagi avtotexxizmat tashkilotida ishlarkan. U bilan telegramm kanallardan birining muxbiri suhbatlashdi.

— Meni doim do'stlarim Zelenskiyga o'xshatardi, — deydi Umid. — Lekin men u odam kimligini bilmasdim. Ukraina prezidentiga aylangandan keyin bildim. Bu suratim esa haqiqatan Moskva metrosida olingan. Men ishdan keyin juda charchagandim. Metroda o'tirgan yerimda uxlab qolibman. Kimdir hazillashgisi kelibmi, meni suratga tushirib qo'yibdi…

Umid qiyofadoshi Zelenskiyga omad tiladi va aytdiki, agar suratga tushishga to'g'ri kelsa-yu, unga o'rindosh zarur bo'lsa, bajonidil bu ishni uddalaydi.