O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 21 oktyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

0

 

 

QO'Y (21. 03 — 20. 04)

21 oktyabrda birinchi o'rinda o'zingiz haqingizda o'ylab ko'rishingiz talab etiladi. Aniqrog'i, salomatligingiz haqida qattiq qayg'urmasangiz bo'lmaydi. Salomatligingiz yomonlasha borishiga zararli odatlarni tashlay olmaganingiz sabab bo'lgan. Ularning ustidan qanday bo'lmasin, g'alaba qilishingiz kerak. Moliya sohasida ham omadingiz kelmaydigan bo'lib turibdi. Qo'shimcha daromad keltiruvchi ish topishingiz kerak. Aks holda tez kunda inqirozga yuz tutishingiz hech gap emas.

 

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

 

Har bir bajaradigan ishingizga nisbatan tanqidiy munosabatda bo'lishingiz kerak. Basharti kechagi ishlar yakuniga yetmay qolgan bo'lsa, ularni oxiriga yetkazing. Ro'zg'oringizda ham hal etilmagan muammolar qalashib yotibdi. Lekin bu masalada yoshi ulug' yaqinlaringiz bilan maslahatlashishingiz zarur. Kechqurun yorqin lahzalar ko'zga tashlanmaydi. Yaxshisi, uzoq vaqt piyoda toza havoda sayr qilib yuring. Uxlashga yotishdan oldin og'ir hazm bo'luvchi taomlar iste'molidan tiyilishingiz tavsiya qilinadi.

 

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

 

21 oktyabr kuni ovqatlanish rejimiga qat'iy amal qiling. Ratsioningizda faqat sutli, oqsilga boy mahsulotlar bo'lishi lozim. Kunduzi hamkasblaringizdan kimdir sizga azbaroyi hasadi kelganidan ishingizga jiddiy xalal berish payiga tushadi. Uni qaysidir yo'l bilan to'xtatishingiz kerak. Oilasizlarning yaqindagina bo'lg'usi jufti bilan tanishganlari kechqurun romantik uchrashuvga chiqishadi. Olloh sizga yor bo'lsin!

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

 

Bugun kunning birinchi yarmida eng muhim ishlarga e'tibor qarating. Ikkinchi darajali ishlar bekorga vaqtingizni oladi, daromadi ham haminqadar bo'ladi. Shaxsiy hayotda birovlarning yo'lidan borishga urinmang. Oilasiz bo'lsangiz va kuni kecha bir insonni uchratib tanishgan bo'lsangiz, u sizga rostdan ham yoqqan bo'lsa, unga qalbingizni oching. Xorij safariga otlanish istagida bo'lsangiz, bu amalni keyinga qoldirib turishingizga to'g'ri keladi. O'zingizni juda ehtiyot qiling. O'zingizni o'zingiz ehtiyotlamasangiz, bu ishni siz uchun hech kim amalga oshirmaydi.

 

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

 

21 oktyabrda oldindan reja qilingan ishlarni belni mahkam bog'lagan holda amalga oshirishga kirishing. Ishxonangizda yangidan yangi g'oyalarni qalashtirib tashlay olsangiz, rahbarlarning olqishiga sazovor bo'lasiz. Basharti juftingiz bilan janjallashib qolgan bo'lsangiz, vujudingizni chirmab olgan g'azablarni chetga suring va yarashish uchun qulay imkoniyat qidiring. Bugun istaklaringizga emas, tafakkurga quloq tuting. Kechqurun og'ir hazm bo'luvchi taomlar iste'molidan tiyiling.

 

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

 

Bugun parizod burji ostida tug'ilganlar bilim olish harakatiga tushishlari kutilmoqda. Bu yaxshi, ammo asosiy ishlarni ham tashlab qo'ymasligingiz kerak. Moliyaviy muammolarni o'z kuch va imkoniyatlaringiz yordamida ijobiy hal eta olasiz. Shuning uchun birovlardan yordam so'rashingizga sira hojat yo'q. Qarz olishni ham xayolingizdan chiqarib tashlang. Shaxsiy hayotingiz bilan bog'liq sirlarni birovlarga gullab qo'ymasligingiz tavsiya etiladi. Omad sizga yor bo'lsin!

 

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

 

21 oktyabr kuni kayfiyatingiz pozitiv holatda bo'lishi dargumon. Muvaffaqiyatsizliklarda o'zgalarni ayblay boshlaysiz. O'zingizni qo'lga oling. G'azab va nafratni jilovga soling. Shaxsiy biznesingiz bo'lsa, bosiqlik bilan ish tuting. Dunyodagi jami daromadga ega chiqishga urinmang. Mabodo biror yangi loyihaga pul tikish niyatida bo'lsangiz, oldin tajribasi ko'proq tanishlardan maslahat oling. Asablaringizni asrang.

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

Bugun kunning birinchi yarmida ko'plab foydali xabarlar, ma'lumotlar olasiz. Lekin ularni yaxshilab saralab oling va tanlanganlarinigina amalda qo'llang. Ishda faollik ham me'yorida bo'lishi zarur. Juftingiz bilan munosabatlar mustahkamligi asosiy masala. Muloqotda ehtiyotkor bo'ling. Agar unga nisbatan shubha-gumonlaringiz bo'lsa, ochiq ayting. Kechqurun uyingizga kutilmagan mehmonlar tashrif buyurishi kutilmoqda. Bu tashrif sizga pozitiv kayfiyat bag'ishlashiga shubha yo'q.

 

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

21 oktyabrda kayfiyatingizda, o'zingizni tutishingizda tajovuzkorlik ko'zga tashlana boshlaydi. Zudlik bilan ruhiy holatingizni tartibga solishingiz kerak bo'ladi. Ishxonangizda esa hamkasblarning barcha olqishlari siz uchun. Agar o'zingizni yaxshi tutsangiz, albatta yaxshiliklarga, hurmatga sazovor bo'lasiz. Serqatnov yo'llarni kesib o'tishda juda ehtiyot bo'ling. Salomatligingiz yomonlasha boshlaganini his etishingiz bilan darhol vrach ko'rigiga choping.

 

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

 

Bugun ertalaboq ish joyingizda shu qadar ko'p yoqimli so'zlarni eshitasizki, ishdan ertaroq uyga qaytishni xohlab qolasiz. Buning uchun bahonalaringiz yetarli. Uy yumushlari, moliyaviy muammolar, bolalar tarbiyasi va hokazo. Yolg'izlar kechki payt bir inson bilan tanishib qolishlari mumkin. Bu inson kelajakda turmush o'rtog'ingizga aylanishi mumkin. Shunday ekan, yuragingiz jiz etgan bo'lsa, u insonni mahkam ushlang. Qo'ldan chiqarmang. Kechqurun toza havoda albatta sayr qiling.

 

QOVG'A (20. 01 — 19. 02)

 

21 oktyabr kuniingiz ish masalasida juda og'ir kechishi kutiladi. Shuning uchun boshqa ishlarga chalg'ishdan va xaridlarni amalga oshirishdan nari bo'lishingiz tavsiya etiladi. Tushdan keyin do'stlardan biri moddiy yordam so'rab kayfiyatingizni buzishi mumkin. Yo'q, siz undan pulni qizg'anmaysiz. Do'stingiz ilgari ham sizdan bir necha marta pul qarz olgan. Lekin haliyam qarzini qaytargan emas. Kechqurun sizni oilangiz bilan birgalikda mehmonga chaqirishlari mumkin. Asabni asrang. Hali u sizga ko'p kerak bo'ladi.

 

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

 

Bugun kuningiz so'ngsiz muloqotlardan iborat bo'ladi. Taqdiringizda tub burilishlar, ko'zlangan maqsadga yetish yo'lidagi to'siqlar ham bugun yo'lingizga ko'ndalang bo'lishi mumkin. Kun davomida miyangizni va qalbingizni xunuk xayollar va behuda g'ashlik, nafratdan tozalash bilan band bo'lsangiz ham ziyon qilmaydi. Basharti kechqurun arterial qon bosimingiz sakraydigan bo'lsa, darhol dori ichib erta kunda uxlashga yoting.

Xushvaqt bo'ling! Hammavaqt bo'ling!

Olimjon HAYIT tayyorladi

loading...