Avtomashina oynasidan tanasini chiqarib yurgan qizlar maktab o'quvchilari ekan!

0

Ushbu to'y 2019 yil 6 oktabr kuni Qo'ng'irot tumani Yelabat PFYda yashovchi 1971-yil tug'ilgan fuqaro X.Rning nikoh to'yida, to'y saylida Qo'ng'irot-Mo'ynoq sirtqi avtomobil yo'lida guruh bo'lib harakatlanayotgan paytida «Cobalt» rusmli avtomashina oynasidan tana qismini chiqarib yurgan voyaga yetmagan Qo'ng'irot tumani 2-sonli maktab 10-sinf o'quvchilari A.U, A.D, J.Mlar bo'lganligi aniqlangan.

Shuningdek ushbu to'y saylida qatnashgan avtomashinalar guruh bo'lib harakatlanganligi uchun O'zbekiston Respublikasi MJtKning 129-moddasi 1-qismiga asosan ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risida bayonnoma tuzilib avtomashinalar vaqtincha saqlab turish uchun jarima maydonchasiga qo'yilgan.

Shuningdek yuqorida ko'rsatib o'tilgan voyaga yetmagan qizlarning ota-onalaridan tushuntirish xatlari olinib, tegishli tartibda chora ko'rish uchun hujjatlar to'planmoqda.

Qoraqalpog'iston Respublikasi IIB Yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasi