BANANNING PIShIB O'TIB KETGAN TURI SALOMATLIK UChUN ZIYoN EKAN…

0

 

Olimlarning o'z xulosalari va izlanishlariga tayangan holda ta'kidlashicha, bananning pishib o'tib ketgan, ustida qora nuqtalar paydo bo'lgan turi salomatlik uchun zararli ekan. Sababi, banan ustidagi o'sha qora teshikchalar orqali virus tashuvchi pashshalar ichkariga kirib tuxum qoldiradi. Bu tuxumdan jajji pashshalar dunyoga keladi. Shunga qaramay, pishib o'tib ketgan banan tashqi qiyofasini umuman o'zgartirmaydi. Bundan tashqari, pishib o'tib ketgan banan ichiga ko'plab zaharli moddalar yig'iladi. Ular odamning ovqat hazm qilish tizimiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Qolaversa, bunday bananlar tarkibidagi shakar miqdori bir necha o'n barobar yuqori bo'ladi. Xuddi shu narsa ko'pchilikning arterial qon bosimi oshishi, qondagi qand miqdori ko'payishi va migren xuruj qilishiga olib keladi.