Koreyada «UZBEKISTAN DAY»

0

Janubiy Koreyaning Kvangju shahrida O'zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligininig Vakolatxonasi tomonidan «UZBEKISTAN DAY» tadbiri tashkil etilibdi. Bu haqda koreya nashrlari yozmoqda.

Koreya Politexnika Universiteti hududida bo'lib o'tgan tadbirda 400 nafardan ortiq vatandoshlarimiz hamda koreyalik mehmonlar qatnashgan. Tadbir davomida milliy kuy-qo'shiqlar, sahna chiqishlari va raqslardan iborat konsert dasturi, 16 ta jamoa ishtirokida futbol turniri, milliy taomlarimizdan palov va somsalardan iborat tushlik, shuningdek fuqarolar qabuli tashkil etilgan.

O'z ish vazifalarini va majburiyatlarini vijdonan bajarib kelayotgan, shuningdek 4 yil va undan ko'proq vaqtdan beri tuzilgan shartnomaga muvofiq ish o'rinlarini o'zgartirmasdan, doimiy va namunali tarzda ishlayotgan 10 nafar yurtdoshlarimiz «Namunali va sodiq ishchi» nominatsiyasiga loyiq ko'rilgan hamda tashakkurnoma va esdalik sovg'alari bilan taqdirlangan.