Sardobada sodir bo'lgan yo'l transport hodisasida piyoda vafot etdi

0

2019 yil 19 oktyabr kuni soat 19:50da Sardoba tumani IIBga tushgan xabarga ko'ra, N. Ikrom ishonchnoma qog'ozi asosida N.Nga tegishli ko'k rangli, Gaz-52 rusumli, 25 W 362 DA d.r. belgili yuk avtomashinasini Sardoba tumani, Quytosh MFY hududidan o'tuvchi 4K-670 avtoyo'lining 5-km Paxtaobod-Yangier yo'nalishida boshqarib borayotib, yo'lning piyodalar o'tishi uchun mo'ljallangan yo'lagi mavjud bo'lmagan qismidan o'ng tomondan chap tamonga kesib o'tayotgan piyoda M.A.ni avtomashinaning old qismi bilan urib yuborib, YTH sodir etgan.

Natijada piyoda M.A olgan tan jaroxatlarining og'irligidan voqea joyida vafot etgan. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

loading...