O'zbekiston MTJ bo'lajak yig'inni qachon boshlashi ma'lum bo'ldi!

0
Noyabr oyida O'zbekiston terma jamoasi JCh-2022 saralashi doirasida Toshkentda ikkita o'yin o'tkazishdan xabaringiz bor.

Vadim Abramov boshchiligidagi milliy terma jamoamiz 2 noyabr kuni yig'in boshlaydi, deya xabar beradi SA nashri. 9 noyabr kuni Toshkentda Qirg'iziston terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkaziladi.

14 noyabr kuni esa Saudiya Arabistoni va 19 noyabrda Falastin bilan JCh-2022 saralashi doirasidagi o'yinlar bo'lib o'tadi. Barcha uchrashuvlar Toshkentdagi «Paxtakor» stadionida o'tkaziladi.

loading...