Rossiyada dahshatli darajadagi avtohalokat sodir bo'ldi. 8 kishi o'lim topdi…

0

 

Fojia Oltoy o'lkasida sodir bo'lgan. So'nggi ma'lumotlarga qaraganda, «Barnaul-Rubsovsk» avtomobil yo'lining 74-kilometrida miniven va mikroavtobus to'qnashib ketgan. Oqibatda 8 kishi o'sha joyning o'zida halok bo'lgan. Besh kishi o'ta og'ir ahvolda ekani haqida xabar berilgan.

Aniqrog'i, «Nissan Presage» avtomobilini boshqarib kelayotgan 1992 yili tug'ilgan haydovchi qarama-qarshi tomondan kelayotgan «Fiat Ducato» avtomobilining yo'liga chiqib ketgan. Haydovchining ehtiyotsizligi ana shunday achinarli manzaraga sabab bo'ldi.

Ikkala avtomobilda jami 16 kishi bor edi. Ularning uch nafarigina yengil jarohat bilan kifoyalandi.

 

loading...