Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Donbassdagi harbiylar o'rtasida janjal ko'tardi. Nega?..

0

 

Shu yil 26 oktyabr kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Donbassga tashrif buyurdi. Tashrifdan maqsad Donbassdagi qurolli kuchlar frontni tark etishi masalasida harbiylar bilan suhbat qurish edi. Ammo suhbat janjalga aylandi. Ko'ngillilar otryadi a'zolaridan biri Shtaynmaer formulasi xususida prezidentga savol tashladi. Bu Zelenskiyning g'azabini qo'zg'abdi.

— Sen nima haqida savol beryapsan o'zi? — askarga qarab qichqirdi prezident. — Qanaqa Shtaynmaer? Men bu yerga qurolni yig'ishtir, ortga qayt degani kelganman. Sen nega gapni aylantiryapsan? Menga ultimatum qo'ymoqchimisan? Yo tushunmadingmi? O'zimiz omborga kirib qurolingni yig'ishtirib olaylikmi? Men «lox»ga o'xshaymanmi? Bu yerga bir-birimizni tushungan holda ish tutish umidida kelsam-u, bu yigit gapni aylantiradi!?.

Shundan so'ng Ukraina rahbari harbiylar bilan xayrlashdi-yu, frontoldi hududni tark etdi.

 

loading...