Valijon Qodirovning qo'shig'i matni. Bu albatta sizga ham yoqib tushishidan umidvormiz…

0

 

 

YuLDUZ

 

***

 

Seni yo'ldan urdi raqiblar,

Sevgi o'ldi tug'ilmay turib.

Kuydiradi meni ta'qiblar

Hijron bilan boshimga urib.

Yulduz, yulduz, sen bularni bilmaysan yulduz.

 

***

 

Achchiq kulib gangib qolaman,

Bilolmayman aytgan so'zimni

Yo o'zimni qo'lga olaman,

Ocholmayman ba'zan ko'zimni.

Qancha damlar ketdi befoyda,

Bekor ketdi qancha iztirob.

Men ojizman makr bor joyda,

Men g'olibman kulganda oftob.

Yulduz, Yulduz, sen bularni bilmaysan, Yulduz.

 

***

 

Hech biriga qilmayman afsus,

Nafratim bor dilda ularga

Poymol bo'ldi g'urur va nomus

Achinaman yolg'iz shularga.

Yulduz, Yulduz, sen bularni bilmaysan, Yulduz.

loading...