Qalbaki mahsulotlar bozori: vodiy qurilish bozoriga uyushtirilgan tashrif natijalari

0

Sentyabr oyining oxirida nemis korxonasi KNAUF vakillari mahalliy muxbirlar bilan birgalikda Andijon va Farg'onada quruq qorishmalar bozorlarini tahlil qildi. KNAUF sifat nazorati bo'limi mutaxassislarining ma'lumotlariga ko'ra, xaridorlarga ko'pincha asl mahsulot o'rniga past sifatli soxta mahsulotlar taklif etilayotgan ekan. Xo'sh, bu qanchalik haqiqat?

 

FARG'ONA

 

«Polsha» bozoridagi sotuvchilar o'z ishlari bilan band. Kimdir mijozga mahsulotini ta'riflayotgan bo'lsa, yana kimdir hisob-kitob ishlarini tekshirmoqda. Ularni qiziquvchan muxbirlar va kamera ko'targan operatorlar ham hayratga solmadi. Bozor rastalarida KNAUFning oddiy (klassik) «Rotband» suvog'i bilan bir qatorda «Rodbun» «Rodberd», «Rodben», «Rodbus», «Rodlan», «Rodban»lar ham uyum-uyum qoplardan joy olgan.

Nomi «Rotband»ga yaqin, sifatida esa yer bilan osmoncha farq qiluvchi bunday soxta mahsulot 10-15 yillik xizmat kafolatini 2-3 yil o'tay oladi, xolos.

Demak, asl mahsulot bilan taqqoslaganda, qalbaki qorishma tez qotib qoladi va suvni o'zida ko'p to'playdi. Bu xaridor e'tibor berishi kerak bo'lgan birinchi jihat bo'lsa, mahsulotning iste'moldan tashqari bir yarim barobar ko'p ishlatilishi va undagi nurlanish darajasini ham hech kim o'lchamasligi ikkinchi muhim jihatdir.

 

«Yuqori talabni qondirish uchun farg'onada ham zavod qurishni boshladik, ammo…»

 

Shu o'rinda O'zbekistondagi KNAUF korxonasining direktori Dmitriy Deripalko so'zlariga quloq tutsak:

— Iqtisodiy nuqtai nazardan, bozorda qalbaki mahsulotlar mavjudligining KNAUF uchun hech qanday zarari yo'q. Buxorodagi zavod to'liq quvvat bilan ishlayotgan bo'lsa ham, buyurtmalar bir necha oy oldinga qilingan. Mahsulotlarimizga bo'lgan yuqori talabni qondirish maqsadida, biz Farg'onada ham zavod qurishni boshladik. Asosiy masala — korxonamizning iste'molchilar ishonchiga yetkazilgan putur orqali zarar ko'rayotganida. Mahsulotning arzongarov variantini tanlagan va natijada sifatsiz ta'mirga erishgan xaridor boshqa bizning qizil va oq ranglardagi qoplarga ishonmaydi. Talabning ko'pligi va kerakli natijaga erishilmagani kamdek, qalbaki mahsulotlar sog'liq uchun xavfli, kim bilsin, qorishma tarkibiga nimalar qo'shilgan, undan har qanday narsani topish mumkin!..

Xo'sh, endi ham mahsulotning asl va qalbakisini ajratishga qiynalyapsizmi? Unda navbatdagi ma'lumotimiz ham siz uchun:

Unutmang, qalbaki mahsulot tayyorlovchilar KNAUF tomonidan maxsus ishlab chiqilgan mahsulotning moslashuvchan hamda ishlatish uchun qulay bo'lishini ta'minlaydigan eritmani, sog'liq uchun zararsiz bo'lgan qo'shimchalarni ishlatmaydi. Sifatli qo'shimchalar qimmat, shu sababli insofsiz tadbirkorlar tomonidan arzon xom ashyodan hamda taniqli bo'lgan mahsulot qoplaridan foydalaniladi.

«Polsha» bozoridagi sotuvchilardan biri KNAUF «Rotband» haqida:

— KNAUF «Rotband» juda qimmat. Bir qopi 30 ming so'm turadi. Mana bu «rotband» bo'lsa — 18 ming so'm. Xaridorlar arzonrog'ini olishga intiladi. KNAUFni esa faqat sifatini yaxshi tushungan xaridor oladi. Masalan, quruvchilarni alday olmaysiz. Boshqa tarafdan esa u doim taqchil. Narxining balandligiga qaramay, unga bo'lgan talab yuqoriligicha qolaveradi.

 

KNAUF qalbaki mahsulotlar bilan kurashishda…

 

Qalbaki mahsulotlar bilan kurashishda KNAUFga Monopoliyaga qarshi kurashish qo'mitasi yordamlashmoqda. Birgalikda olib borilgan sa'y-harakatlar natijasida Toshkent, Samarqand, Buxoro va Jizzaxda nemis korxonasi savdo belgisining o'g'irlanishi qisman to'xtatildi.

* * *

ANDIJON

Andijonda ham muxbir va kameralarimiz bozor rastalaridagi vaziyatga e'tibor qaratishdi. Natijada «Trikotaj» qurilish bozori mudiri hamda qorovul xizmati xodimlari voqea joyiga zudlik bilan yetib kelishdi. Vaziyat xuddi Farg'onadagi kabi: soxta «Rotband» to'plamlari, ular natijasida «pufakka» aylanuvchi devorlar va qadoqda hech qanday (asl) ishlab chiqaruvchi haqida ma'lumot yo'q mahsulotlar.

E'tiborimizni esa holatga umuman aloqasi bo'lmagan insonlarning telefon raqamlari ko'rsatilgan qoplar tortdi. Demak, qalbaki mahsulot bozorni egallashga jiddiy kirishgan ko'rinadi.

Ammo bizga bozor ma'muriyati yordam berdi: vaziyatni tezda to'g'ri baholagan holda qalbaki, soxta mahsulotlarning zararli tomonlari haqida tushuntirish berishimiz uchun sotuvchi va xaridorlar bilan ochiq suhbat o'tkazish taklifini bildirdi.

 

Qalbaki mahsulotni asl mahsulotdan qanday farqlash mumkin?

 

Muloqot davomida «KNAUF GIPS Buxara» XQ MChJning Toshkent filiali direktori Shuhrat Abdujamilov iste'molchilarga quyidagicha izoh berdi:

— «KNAUFga tegishli bo'lgan qoplar har doim noyob, ya'ni ularda sanoat markerlari bilan tushirilgan partiya raqami, sana va soniyali markirovka mavjud.

Bundan tashqari, qoplarning tashqi tuzilishiga hamda KNAUF logotipi qanchalik chuqur joylashganligiga ham ahamiyat bering. Sotuvchining «yangi mahsulot turi» yoki «yangi dizayn»dagi mahsulot, degan gaplariga ishonmang. Asl mahsulot qalbakisiga nisbatan qimmatroq bo'ladi, ammo siz sifatli ta'mirlash va sog'liqqa zararsiz mahsulot uchun pul sarflaysiz.

Bizning labaratoriyamizda qorishmaning nurlanish darajasini tekshiradi, bu esa o'z-o'zidan ayonki, ekologik toza, sifatli, ishlatish uchun qulay va uzoq muddatga chidamli mahsulot demakdir.

Aziz xaridorlar, qalbaki mahsulotlarga aldanib qolmaslik uchun xarid chog'ida doimo e'tiborli bo'ling! Biz doim sifatli, toza va chidamli mahsulotlar xarid qilishingiz tarafdorimiz.

Unutmang, KNAUF dunyo bo'yicha yuqori sifatga ega qurilish mollari ishlab chiqaradi va sizga ham shuni taklif etadi!

Reklama huquqi asosida.