Ota farzandi uchun 18 million aliment pulini oldindan to'ladi

0

Fuqarolik ishlari bo'yicha Toshkent shahar Mirobod tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan, qarzdor U.Safarovdan, undiruvchi E.Kadirova foydasiga, bitta farzandi uchun ¼ qism miqdorida aliment undirish to'g'risidagi ijro hujjati Majburiy ijro byurosining Zangiota tuman bo'lim ish yurituviga kelib tushgan.

Davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida, qarzdor U.Safarov kelgusi 3 yillik aliment pullarini to'lab berish taklifini bildirdi. Hisob kitoblar natijasida, oldindan to'lov summasi, jami 18.000.000 so'mni tashkil qilishi aniqlandi. Va ushbu pul mablag'lari farzandi ta'minoti uchun undirib berildi.

loading...