O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 1 noyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

0

 

 

QO'Y (21. 03 — 20. 04)

1 noyabr kuni ishda ham, shaxsiy hayotda ham tartib o'rnatish harakatida bo'lasiz. Ana shu jarayonda kimlarningdir ko'nglini og'ritib qo'ymaslik payida bo'lishingiz lozim. Kunning ikkinchi yarmida hisobingizni to'ldirishadi. Bundan tashqari favqulodda xushxabar eshitasiz. Bu xabarning sizga pozitiv kayfiyat bag'ishlashiga shubha yo'q. Kechqurun oilaviy bayram uyushtirishingiz mumkin. Faqat yaqin insonlarga atab sovg'a xarid qilishni unutmang. O'zingizni ehtiyot qiling.

 

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

 

Ertalaboq hamkasblar bilan orangizda qarama-qarshiliklar yuzaga kelishi kutiladi. Ularning qaysidir biri sizni to'g'ri yo'ldan adashtirishga urinib ko'rishi mumkin. Lekin hammasi sizning g'alabangiz bilan yakun topadi. Faqat g'alabangizdan havolanib ketmang. Kechki payt suyukli insoningiz sizga syurpriz hozirlab qo'yadi, ishonavering. Agar bunga qadar orangizda arazlashishlar, bahslar kuzatilgan bo'lsa, barchasi unutiladi. Basharti olis safarga otlangan bo'lsangiz, biling, safaringiz muvaffaqiyatli kechadi.

 

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

 

1 noyabrda yangi ishlar boshlash kayfiyatida bo'lishingiz talab etiladi. Sport bilan shug'ullanish ham sizga faqat foyda beradi. Kaloriyaga boy taomlar iste'mol qilishingiz tavsiya qilinadi. Moliyaviy muammolaringiz kun davomida qizil chiroqqa to'g'ri kelmaydi. Sizning foydangizga ijobiy hal bo'ladi. Kechqurun do'stlaringiz davrasida vaqt o'tkazing. Ko'pgina yangiliklardan boxabar bo'lasiz.

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

 

Oila qurmaganlar bugun kechgacha romantika og'ushida bo'ladi. Tanlagan insoningizga nisbatan qalb tuyg'ularingiz jo'shgandan jo'shadi. Salomatligingizni nazoratda ushlang. Vitaminga boy mevalar, taomlarni ko'proq iste'mol qiling. Kuz havosi organizmga salbiy ta'sir ko'rsatib qo'yishidan saqlaning. Ayniqsa, nimagadir allergiyangiz bo'lsa, ehtiyotingizni qiling. Kechqurun toza havoda sayr qilish ham yodingizdan ko'tarilmasin. Omad sizga yor bo'lsin!

 

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

 

Bugun burjingiz behuda arslon deb atalmaganini yana bir bor anglab yetasiz. Ko'plab vaziyatlar, lahzalar, imkoniyatlar sizning qo'l ostingizda bo'ladi. Muhabbatda esa aksincha yon berishga moyil bo'ling. Juftingiz arslon ekaningizga ham qarab o'tirmaydi. O'z shartlarini qo'yadi. Bugun salomatlikni tiklashga oid amallar va zararli odatlarga qarshi kurash muvaffaqiyatli kechadi. Organizmingizga ziyon yetkazishi mumkin bo'lgan hamma narsadan voz keching. Shaxsiy avtomobilingiz bo'lsa, serqatnov yo'llarda ehtiyotingizni qiling. Tezlikni keragidan oshirmang.

 

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

 

1 noyabr kuni miyangizga shunday faylasufona fikrlar keladiki, she'rlar bitgingiz kelib ketadi. Bunga haqlisiz. Ijod uchun qog'ozni ayamang. Kun davomida ro'zg'ordagi muammolar ijoddan chalg'itishi mumkin. Biroq buning sira qo'rqinchli yeri yo'q. Kechqurun madaniy hordiq chiqarish haqida o'ylab ko'ring. Sport mashg'ulotlari bilan shug'ullanish, musobaqalarda ishtirok etish va tanani chiniqtirishga oid amallar omadli kechadi. Asabni asrang. To'g'ri ovqatlaning.

 

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

 

1 noyabrda qaysi mavzuda, sohada bo'lmasin, barchasini muvaffaqiyatli hal eta olasiz. Shaxsiy hayotda shinavandaga aylaning. Juftingizni yaxshilab sabr bilan tinglang. Shunda munosabatlaringiz ijobiy tomonga o'zgaradi. Sportning belni mustahkamlovchi turlari bilan shug'ullansangiz, faqat naf topasiz. Uxlashga yotishdan oldin sutli mahsulotlar iste'moli bilan cheklanishingiz kerak. Xastalangan qondoshlaringiz bo'lsa, ular holidan xabar oling.

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

Ro'zg'ordagi muammo deganining hamma-hammasini tafakkurga tayangan holda qoyillatib ado qilasiz. Faqat atrofdagilarning nazaridan ehtiyot bo'ling. Ishxonangizda tushdan keyin yoqimli bir vaziyat ko'zga tashlanishi mumkin. Ayollarga uy yig'ishtirish masalasini kech tushgunga qadar hal etib qo'yish talab etiladi. Olis safarga otlansangiz, yo'lingiz bexatar, omadli bo'ladi. Falokatlar, halokatlar kuzatilmaydi inshoolloh.

 

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

1 noyabr o'qotar burji vakillari uchun u qadar omadli kechmasa kerak. Ammo bundan tushkunlikka tushib o'tirishingiz ham noto'g'ri. Ko'ngilsizliklar keladi va ketadi. Yana yoqimli lahzalar sizga mehmon bo'ladi. Kun davomida pozitivlikka ega odamlar bilan muloqot qiling. Anchadan beri ko'rishmagan do'stlaringizni izlab toping. Ko'proq vaqt toza havoda sayr qiling. Moliyaviy muammolarni bartaraf etishda faqat qalbingizga quloq tuting.

 

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

 

Bugungi kuningiz yoqimli muloqotlar va uchrashuvlarga boy bo'ladi. Hammaga kerakliligingizni qayta-qayta his etasiz. Ayniqsa, moliyaviy masalada xursand bo'lishga arziydigan lahzalar ko'p. Katta pul va'da qilgan bo'lishsa, va'dalarini bajarishadi. Ijod bilan band insonlar ham baxtli, yoqimli lahzalardan, muvaffaqiyatlardan quruq qolishmaydi. Kechqurun og'ir hazm bo'luvchi taomlar iste'mol qilishdan saqlaning. Bel, yurak va jigar qismlaringizni ehtiyot qiling.

 

QOVG'A (20. 01 — 19. 02)

 

1 noyabrda hech narsadan bosh tortmang. Ish bo'ladimi, ovqatlanish, dam olish, sayohat bo'ladimi, rozi bo'lavering. Do'stlaringiz nufuzli kafega taklif etishmoqchi. Ularning ham ko'nglini qoldirmang. Suhbatlar davomida ko'pgina yangi gaplar, xushxabarlar eshitasiz. Kechqurun qarindoshlaringiz bilan jiqillashib qolishingiz ehtimoli bor. Ayrim masalalarga barmoq ostidan qarashga harakat qiling. Kechqurun hamkasblardan biri sizga qandaydir sovg'a hadya etishi kutiladi.

 

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

 

Ertalab ish joyingizda rahbarlar zimmangizga yuklaydigan vazifaning murakkabligini ko'rib qo'rqib ketishingiz mumkin. Yo'q, qo'rqish kerak emas. Aksincha xursand bo'lishingiz kerak. Rahbarlar sizning qobiliyatingizni yuqori baholagani uchun ham shu kabi murakkab vazifalarni ishonib topshirmoqda. Kechqurun do'stlardan birinikiga borib, rosmana xursandchilik qilishingiz mumkin.

Xushvaqt bo'ling! Hammavaqt bo'ling!

Olimjon HAYIT tayyorladi

loading...