Jurnalistlarga o'zining hezalakligi (gey) haqida so'zlab bergan yigit politsiya chaqirgandan so'ng izsiz g'oyib bo'ldi…

0

 

O'zini Komil deb tanishtirgan turkmanistonlik hezalakning ismi-sharifi aslida Qosimberdi Garayev. U 24 yoshda. Hezalakligi bois ota-ona, qarindosh-urug'larning yuzini yerga qaratdi. Jurnalistlar bilan bo'lib o'tgan suhbatdan keyin uni politsiya mahkamasiga chaqirishgan ekan. Chunki Turkmaniston qonunlariga ko'ra, u uch avlodi haqida to'liq ma'lumot berishi lozim edi. Bu tadbir turkmanlar tilida «Uch arka» deb nomlanadi. Ammo Qosimberdi chaqiruvdan so'ng izsiz g'oyib bo'ldi. Sharmandalikka chiday olmagan ota-onasi va qarindoshlari Ashxoboddan boshqa joyga ko'chib ketishgan. Hezalakning o'zi esa politsiya mahkamasiga jo'nab ketishdan oldin videomurojaat qoldiribdi. Ko'ngli sezgan bo'lsa kerak-da. Videomurojaatda u ota-ona, yaqinlari va qarindoshlar, do'stlaridan, umuman barcha-barchadan yuzlarini yerga qaratgani uchun uzr so'ragan. (Avvalo Ollohdan tavba qilib uzr so'rasa bo'lardi)

Eslatib o'tamiz, Qosimberdi kasalxonalardan birida vrach-kardiolog bo'lib ishlardi.

Turkmaniston qonunlariga binoan hezalaklik uchun 2 yildan 5 yilgacha bo'lgan muddatga ozodlikdan mahrum etishadi. Jazoni o'tab bo'lgach, ayblanuvchi yana shuncha muddat maxsus belgilangan manzilda yashashi talab etiladi.

 

loading...