O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 2 noyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

0

 

 

QO'Y (21. 03 — 20. 04)

Agar ertalablari yugurish ishqibozi bo'lsangiz, 2 noyabr kuni nafaqat yugurish, balki barcha sport mashg'ulotlaridan voz kechib turishingizga to'g'ri keladi. Sport bugun yuragingizga salbiy ta'sir o'tkazishi mumkin. Sport mashg'ulotlarini ertangi kun uchun asrab qo'ying. Tadbirkor bo'lsangiz, salomatligingiz haqida boshqa paytlardagiga nisbatan ko'proq e'tibor qarating. Kuz havosi turli ko'rinishdagi allergik xastaliklarni qo'zg'ashi ehtimoldan xoli emas.

 

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

 

Qaysi kasb egasi bo'lishingiz, kim bo'lishingizdan qat'i nazar tavakkalchilikka asoslangan ishlarni bajarishdan tiyilishingiz kerak. Muhabbatda yon berishni shior qilib oling. Juftingiz, bo'lg'usi juftingiz bilan bahslashib behuda vaqt sarflamang. Kechqurun sizni mehmonga taklif etishlari kutilmoqda. Bugun spirtli ichimliklar, chekimliklardan voz kechish xayrli kechadi. To'g'ri ovqatlaning. Rejimni buzmang.

 

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

 

2 noyabrda hali oila qurmaganlar muhabbat va qalliq tanlashda jiddiy muammoga duch kelishlari mumkin. Yo'q, muvaffaqiyatsizlikka yuz tutmaysiz. Pul topish, martabani oshirish, hamkasblar orasida hurmat qozonish kabilarda omadlisiz. Sizni bu yo'nalishlarda to'siqlar ko'ndalang bo'lib asabiylashishga majbur etmaydi. Siz tanlagan, endi-endi ko'ngil qo'ya boshlagan inson aslida sizga to'g'ri kelmaydigan bo'lib chiqadi. Kechqurun toza havoda sayr qilishni unutmang. Oilalilar bugun shaxsiy hayotda muammolarga ro'baro' bo'lishmaydi.

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

 

Kunning birinchi yarmida ro'zg'oringizdagi ikir-chikirlar tufayli biroz asabiylashishingiz ehtimoli bor. Hamma ishni tashlab qo'yib o'sha muammolarni bartaraf etishga kirishib ketasiz. To'g'ri qilasiz. Asabiyligingiz sharofati bilan uy ishlari to'liq ado etiladi. Ish joyingizda esa aksi bo'ladi. Hamkasblarga, rahbarlarga haqqoniy tajribangizni, iste'dodingizni to'laqonli namoyish eta olmaysiz. Imkon topilmaydi. O'zingizni ehtiyot qiling va organizmni jismonan zo'riqtirmang.

 

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

 

2 noyabr kuni atrofdagilar bilan xush muomalada bo'ling. Yaxshisi, tinglovchiga aylaning. Shunda ko'plab yangiliklardan xabar topasiz. Asosiysi, kayfiyatingiz buzilmaydi. Axborot almashishingiz mumkin. Yolg'izlarni bugun romantik uchrashuvlar kutadi. Shu bahonada ruhan mukammallikka erishsangiz ne ajab. Shaxsiy biznesingiz bo'lsa, hisob-kitobni puxtalab oling. Busiz mo'may daromad ko'ra olmaysiz. Uxlashga yotishdan oldin og'ir hazm bo'luvchi taomlar iste'mol qilishingiz tavsiya etilmaydi.

 

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

 

Bugun ne ish bo'lishidan qat'i nazar yig'ishtirib qo'yib, oila a'zolaringiz davrasida vaqt o'tkazishingiz tavsiya etiladi. Ayollar uchun uyda yig'ilib qolgan supur-sidir va shu kabi yumushlarni uddalab qo'yish juda muhim. Kechki payt yoqimli xaridlarni amalga oshirishingiz kutiladi. Dachada ter to'kib ishlash salomatligingizga faqat ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Kechqurun sportzalga borib sport mashg'ulotlari bilan band bo'lish ham ziyon qilmaydi.

 

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

 

2 noyabrda giyohlar qo'shilgan qaynoq vannaga tushish salomatligingizni mustahkamlashda katta yordam beradi. Bundan tashqari, jismoniy zo'riqishlardan ham qo'rqmasligingiz kerak. Bu sizga ziyon yetkazmaydi. Oilalilar jufti bilan munosabatlarni mustahkamlay olishmagan bo'lsa, bugun qulay imkoniyat tug'ilishi mumkin. Yaxshisi, u bilan birga kechqurun nufuzli kafelardan biriga boring. Albatta muammo ijobiy hal bo'ladi.

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

Bugun sizning kuningiz deyishsa, ishonavering. Kuningiz yorqin lahzalarga boy bo'ladi. Bir-biridan ajoyib tadbirlarga taklif etishlari mumkin. Ertalab nonushtangizga kolbasa mahsulotlarini albatta qo'shishingiz kerak. Bu mahsulotlarni doimiy tarzda me'yorida iste'mol qilsangiz, organizmdagi moddalar almashinuvi yaxshilanadi. Kunning ikkinchi yarmida sizga har jihatdan ma'qul bo'lgan odamlar bilan muloqotda bo'lishingiz kutiladi. Bir so'z bilan aytganda, kuningiz mazmunli va yoqimli kechadi. Omad sizga yor bo'lsin!

 

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

2 noyabr kuni g'ayratingiz, kuch va imkoniyatlaringiz yetarli darajada bo'lishiga shubha yo'q. Lekin ularga ishonib bir necha ishni parallel ado etishga bel boylasangiz, jiddiy xatoga yo'l qo'yasiz. Birinchidan, jismoniy zo'riqishga duch kelasiz. Bu salomatligingizni xavf ostida qoldirishi mumkin. Ikkinchidan, siz boshlagan ishlarning hech biri muvaffaqiyatli yakun topmaydi. Topishi mumkin, faqat ulgurmaysiz. Kun kech bo'ladi. Bu esa moddiy ahvolingizga salbiy ta'sir o'tkazishi tayin.

 

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

 

Bugun albatta ishsiz, yoqimli lahzalarsiz qolmaysiz. Agar eng muhim ishlarni bugunga rejalashtirgan bo'lsangiz, o'zingizni ruhan faollikka tayyorlang. Yo'nalishning eng xavfsizini tanlang. Kunning ikkinchi yarmida tasodifiy tanishuvlarni boshdan o'tkazishingiz kutiladi. Tabiat qo'yniga chiqib dam olish ham bugun sizga foyda beradi. Ammo bajarilgan ishlarning yakuniy xulosasi bilan erta kunda qiziqmang. Bu amalni kechqurunga qoldiring.

 

QOVG'A (20. 01 — 19. 02)

 

2 noyabr kuni o'zingizga bo'lgan ishonch yuqori darajada bo'lishi lozim. Shundagina rejadagi ishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirib, yutuqlarga, moddiy manfaatdorlikka erisha olasiz. Kun davomida ko'pchilik sizdan yordam so'rab murojaat etishi mumkin. Bosh tortmasdan ularga yordam ko'rsatishingiz tavsiya etiladi. Kechqurun yolg'iz qoling. Hech narsani o'ylamang. Yolg'izlikda, sukunat qo'ynida dam oling.

 

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

 

Bugungi kun baliq burjida tug'ilganlar uchun ancha zerikarli kechishi mumkin. Qaysidir tadbirga yoki uchrashuvga chaqirishadi-yu, shuning natijasida kayfiyatingizda pessimizm paydo bo'ladi. Bunday kayfiyatni boshqalarga yuqtirishdan ehtiyot bo'ling. Uydagi jihozlar o'rnini almashtirish ham sizga foyda beradi. Chalg'itadi. Intellektual imkoniyatlaringiz esa bugun yuqori bo'ladi. Xuddi shu narsa sizni yo'l-yo'lakay uchraydigan to'siqlardan, bosh og'riqlardan saqlaydi.

Xushvaqt bo'ling! Hammavaqt bo'ling!

Olimjon HAYIT tayyorladi

loading...