Xalq dardi: Bolalarimizni birinchi sinfdan to oliy ta'limgacha repetitorga beryapmiz!

3

 

facebook ijtimoiy tarmog'ida Oybek Mirolimov tomonidan ko'tarilgan mavzuni sizga ilindik

«Nimaga bolalarimiz repetitorga qo'shimcha tayyorlanmasa oliy ta'lim muassasalariga o'qishga kirolmayapti? Bu masalada bosh qotirayaptimi xalq ta'lim vazirligi?

Meni ikkita farzandim bor, ikkisi ham maktabda ta'lim olishadi. Maktabdan tashqari repetitorga qo'shimcha tayyorlanadi. Ikkisi ham beshta repetitorga qatnaydi. Bitta repetitor bir oyga 200.000 oladi, beshtasiga 1.000.000 million ketadi. Ikkita farzandimga bir oyga 2.000.000 million xarajat bo'ladi.

Meni-ku imkoniyatim yetayabdi, farzandlarimni repetitorga qo'shimcha tahsil olishiga. Qolganlarchi ? O'rta hol, kam ta'minlangan, nochor oilalar nima qiladi? Olgan oyliklari ro'zg'oridan ortmaydi. Ularni ham orzu-havaslari bor, ular ham farzandlarini o'qimishli bo'lishini hoxlashadi. Ularni ham umidi so'ndirmasligi lozim. Ular ertangi kunga ishonch bilan yashayapti.

Shunday ekan, darsliklarni tartibga soling, ta'lim berish sifatiga e'tibor qarating. DTM tuzgan savollari maktab darsliklarida yo'q, DTM bilan kelishib ishlash kerak. Vaqt ketayapti, vaqt sizlarni kutib o'tirmaydi va hech kimni ayamaydi.»

loading...

3 FIKRLAR

  1. YaShANG, YaShANG, YaShANG!!!! OTANGIZGA MING RAHMAT!!! BARChANI QIYNAYoTGAN MAVZUNI KO'TARIBSIZ. O'KTUVChINI OYLIGINI KO'TARISh KERAK. LEKIN SAVIYaSIZ O'KITUVChINI OYLIGINI KO'TARIB NIMAGA ERIShAMIZ? BU MASALANI O'YLAShNI ALLAQAChON VAQTI YeTIB KELIB O'TIB HAM KETDI MENIMChA.

  2. Ta'lim sifati yaxshimas.Boshlang'ich sinfda dars beradigan ustozlar 2smenada dars berishgandan keyin nimani ko'tish mumkin

  3. Prezidentning farmoniga asosan ukituvchilar oylik maoshi 20foizga kutarildi lekin ukuvchilarga bilim berisholmaydi aytganingiz dek farzandlarimizni maktabdan keyin aloxida bilim olish uchun repititorga berayabmiz unda maktablar yepilsinda xususiy kilib maktablar ochilsin va maktab narxini kundalik xaetga muljallab kuyishsin. Ta'lim Vazirligi ushbu fikrlarni kurib chiksin.

Comments are closed.