Bektemir Meliqo'ziyev MGM Grand arenada navbatdagi jangini o'tkazdi! FOTO va VIDEO

0

Professional boksning super o'rta (-76,2 kg) vazn toifasida ringga ko'tarilayotgan Bektemir Meliqo'ziyev (3-0, 3 KO) navbatdagi jangida ham muddatidan avval g'alaba qozondi.

Las-Vegasdagi MGM Grand arenada bo'lib o'tgan jangda Bektemir Meliqo'ziyev amerikalik Kley Kollardga (4-2-3, 1 KO) qarshi ringga chiqdi. 8 raundga mo'ljallangan reyting jangi to'rtinchi raundda nihoyasiga yetdi. Bektemir mazkur raundda dastlab nokdaun holatiga tushirdi, ammo raqib o'rnidan turishga muvaffaq bo'lgandi. Keyingi urinishda Meliqo'ziyevning jigarga bergan zarbasidan so'ng raqib yana yerga quladi va hakam jangni to'xtatishga qaror qildi. Shu tariqa Bektemir uchinchi jangida ham muddatidan oldin g'alabaga erishdi.

loading...