Olimlar o'pka saratonidan asrovchi mahsulotlar turlarini sanab o'tishdi…

0

 

Amerikadagi Vanderbilt universitetiga qarashli tibbiyot markazi olimlari odam o'pka saratoniga yo'liqmaslik uchun qanday mahsulotlarga e'tibor qaratishi lozimligini o'z tadqiqotlari davomida aniqlashga erishishdi. Agar shu mahsulotlarni doimiy ravishda, me'yordan oshirmagan holda iste'mol qilinsa, o'pka saratonini chetlab o'tish mumkin ekan. Bu mahsulotlar ro'yxatining yuqori pog'onasini yogurt egallaydi. Keyingi o'rinlarni mosh, loviya, qovun, tarvuz, qo'ziqorin, bodom, kakao kabilar egallarkan. Aynan shu mahsulotlar tarkibida o'pka saratonini inkor etishga qodir vitaminlar, foydali moddalar ko'pchilikni tashkil etarkan. Bundan tashqari, o'sha mahsulotlar yana oshqozon-ichak, yurak xastaliklariga qarshi shafqatsizlarcha kurashadi.

 

loading...