Rossiyalik aktrisa Zavorotnyuk folbinning «ilmi-amal»i tufayli kasalga chalinibdi…

0

 

Rossiyadagi «TV-3» telekanali eksperti, shaman, mashhur psixolog Dardo Kustoning gapiga qaraganda, aktrisa Anastasiya Zavorotnyuk aynan folbinlarning «issiq-sovuq», «ilmi-amal»lari tufayli miya saratoni xastaligiga chalinibdi. Emishki, Zavorotnyukka juda katta miqdorda zararli energetika rahna solgan. Hasadgo'ylar esa folbin orqali aktrisaga ruhiy hujumlar uyushtirgan ekan.

— Biz Zavorotnyuk bilan bir necha yillardan beri tanishmiz, — deydi shaman. — U mening telekanalda tashkil etgan «Ko'rinmas odam» nomli loyihamda ishtirok etgan. 2015 yili men shaxsan uni ko'z tegish, «issiq-sovuq», «ilmi-amal» balolaridan tozalaganman. Ammo himoya abadiy emas. Bir kun kelib kuchini yo'qotadi. Aktrisaga qo'yilgan himoya ham shunday tarzda kuchini yo'qotgach, folbinlar uni osonlikchasiga xastalikka chalintirgan.

 

loading...