UFC 244. Masvidal hamda Diaz o'rtasida BMF kamari uchun o'tkazilgan bellashuv yakunlandi, jangni bevosita AQSh prezidenti ham kuzatdi FOTO va VIDEO

0
Nyu-Yorkdagi muxtasham “Medison Skver Garden” arenada UFC 244 turniri bo'lib o'tdi. Unda asosiy jang yarim o'rta vazn toifasida BMF kamari uchun Xorxe Masvidal (34-13-0) hamda Neyt Dias (20-11-0) o'rtasida o'tkazildi. Bahs boshidanoq ustunlik Masvidal tomonida bo'ldi, u raqibiga bir necha bor aniq zarbalar berishga muvaffaq bo'ldi. Ikkinchi raund ham uning foydasiga hal bo'ldi. Uchinchi raundga kelib muvozanat biroz tiklangandek bo'ldi. Biroq, navbatdagi raund boshlanishidan oldin shifokor Neyt Diasning olgan jarohatlari bois jangni davom ettira olmasligini e'lon qildi. Shu tariqa, g'olib ochkolar hisobiga aniqlandi va Masvidal BMF tituli sohibiga aylandi.
G'olibga esa kamarni mashhur aktyor Dueyn Jonson taqdim etdi. Shuningdek, bahsni bevosita oktogon tashqarisidan AQSh prezidenti Donald Tramp ham kuzatib borgan.
loading...