O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 4 noyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

0

 

 

QO'Y (21. 03 — 20. 04)

Agar anchadan beri martabangiz oshishini orzulab kelgan bo'lsangiz, bugun qulay imkoniyatlar tug'iladi. Bu yo'lda hech kim sizga to'siq bo'la olmaydi. Aksincha hamfikrlar, yordamchilar ham topila qoladi. Juftingiz bilan munosabatlarda xotirjamlikka erk bering. Aks holda biror noto'g'ri harakat sodir etasiz-u, oradagi munosabatlarga putur yetadi. Ro'zg'ordagi muammolarni jamoaviy tarzda yaqinlaringiz bilan birga bartaraf etganingiz ma'qul.

 

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

 

4 noyabr kuni ishda yangi cho'qqilarni zabt etishingiz, moliyaviy jihatdan muvaffaqiyatlarga erishishingiz kutiladi. Bundan tashqari, hamkasblarga va rahbarlaringizga hali ochilmagan qirralaringizni namoyish etish imkoniga ham egalik qilasiz. Xaridlarni ro'yxat asosida amalga oshiring. Imkon doirasida chegirmasi ko'proq do'konlarga tashrif buyuring. Oila qurmaganlar kechqurun ish yoki o'qishdan keyin romantik uchrashuvga otlanishadi. Tashqi qiyofangizga e'tibor qaratib olishni unutmang.

 

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

 

Birinchi navbatda salomatligingizga e'tibor qaratishingiz tavsiya qilinadi. Agar muammo tug'ilsa, tibbiy ko'rikdan o'tishingiz kerak. Moliyaviy muammolarni bartaraf etish jarayonida oldingizga haddan tashqari murakkab maqsadlarni qo'ymang. Xudo berganiga shukr qiling. Muhabbatda hammasi rejadagidek kechadi. Oilasizlar uchun bu masala quvonchli lahzalarni hadya etadi. Muhabbat izhorlari, talpinishlar, ehtiroslar faqat sizniki bo'ladi.

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

 

4 noyabrda ishda ham, shaxsiy hayotda ham tezlikni kamaytirib, o'zingizni bosib olgan holda harakatlar sodir eting. Shoshma-shosharlik va o'ta faollik ham bugun ijobiy natija bermasligi mumkin. Shaxsiy biznesi borlarni bugun mayda ko'ngilsizliklar kutib turadi. E'tibor bilan ish tutsangiz, bu to'siqlarni osonlik bilan yengib o'ta olasiz. Kechqurun uyingizni mehmon bosishi mumkin. Shu bahonada kayfiyatingiz ham ko'tariladi.

 

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

 

Kuningiz xotirjamlikda boshlanishi kutilmoqda. Iloji boricha o'zingizga yoqadigan va ko'p kuch talab qilmaydigan ishlarni bajaring. Kimki bugun xizmat safariga otlansa, yorqin uchrashuvlar va yangi tanishuvlarni boshdan o'tkazadi. Tanishgan insonlar siz bilan hamfikr chiqib qoladi. Shu sababli ishlaringiz katta tezlikda unum topadi. Kechqurun toza havoda sayr qilishni, to'g'ri ovqatlanishni, miriqib dam olishni unutmang.

 

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

 

4 noyabr kuni sizni birgina xavf ta'qib eta boshlashi mumkin. U ham bo'lsa dangasalikdir. Ish kutib turmaydi. Professionallik va aniq muddat talab qiladi. Shundagina daromad ko'rasiz, tirikchiligingizning mazasi qochmaydi. Yo'l-yo'lakay, harakatlangan holda taom iste'mol qilishdan tiyiling. Salomatlikka yengil-elpi qarab bo'lmaydi. Uni ehtiyotlashingiz kerak. Oilaviy hayotingiz sizdagi donolik tufayli yanada yorqin tus oladi. Ko'z tegmasin!

 

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

 

Bugun kun avvalidanoq baliq ovigami yo boshqa xobbingiz sari otlanishingiz ehtimoli bor. Agar ishingiz bo'lmasa, o'zingiz uchun qo'shimcha dam olish kuni e'lon qilishingiz sira ziyon bo'lmaydi. Kunni oila, bolalar uchun bag'ishlash ham yanada yoqimli kechadi. Bahonada munosabatlar mustahkamlanadi. Organizmingiz garmoniyaga egalik qiladi. Sevimli xobbi bilan shug'ullanish, sport mashg'ulotlarida ishtirok etish, toza havoda sayr qilish ham juda yoqimli va foydali kechadi.

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

4 noyabrda dunyoqarashni kengaytirish, seminarlarga va kurslarga borish sira ortiqchalik qilmaydi. Bilimingiz qancha puxta bo'lsa, ishda shuncha ko'p ijobiy natijalarni qo'lga kiritasiz. Olis safar va bo'lar-bo'lmas tanishuvlardan voz keching. Behudaga kuch sarflaganingiz qoladi xolos. Muhabbatda siz taqdirning yana bir qaltis sinovidan o'tishingiz mumkin. Hushyor bo'ling. Xatoga yo'l qo'ya ko'rmang. Omad sizga yor bo'lsin!

 

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

Bugun sizni yorqin lahzalar olqishlaydi. Moddiy ahvolingiz yaxshilanadi. Daromad siz o'ylagandek juda mo'l bo'lmasligi mumkin, ammo baribir kissangizda pul bo'ladi. Neki ishni ado etmang, natijasini yaqin kelajakda albatta ko'rasiz. Yaqin do'stlardan biri sizni begonalar bilan yuzaga keladigan janjalli lahzalardan asrab qolishi mumkin. Undan o'rnak olsangiz arziydi. Imkoningiz bo'lsa, kechki taomdan voz keching va erta kunda uxlashga yoting.

 

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

 

4 noyabr kuni hamkasb va raqobatchilarni ortda qoldirib ketish uchun ayyorona usul o'ylab topishingiz zarur bo'ladi. Shunda ishda birinchi bo'lasiz. Kun davomida favqulodda tanishuvlarni boshdan kechirishingiz mumkin. Tanishuvlarning ayrimlari unutilmas lahzaga aylanadi. Ular tafakkuringizni charxlab, dunyoga nisbatan qarashlaringizni tubdan o'zgartirib yuborishi hech gap emas. Asabni asrang. To'g'ri ovqatlaning.

 

QOVG'A (20. 01 — 19. 02)

 

Kuningiz bir qarashda odatiy kunlardan farq qilmasligi mumkin. Biroq uning o'ziga xos ajoyib lahzalari bor. Ma'naviy ozuqa olish, yangi bilimlarni egallash va qarindoshlar bilan o'zaro munosabatlarga e'tiborli bo'ling. Agar moliyaviy muammolar hadeganda bartaraf bo'la qolmasa, tashlab qo'ying. Boshqa kuni albatta uddalaysiz. Muhabbatda o'zingizni qo'lga ola biling. Xatolar sari boshlaydigan harakatlarni sodir etmang.

 

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

 

4 noyabrda favqulodda mehribon odamga aylanasiz. Shundoq ham mehribonsiz. Lekin bugungisi olamshumul chiqadi. Hammaga baravar mehr ulashgingiz, uyga taklif qilib mehmon qilgangiz kelaveradi. Bu holatda o'z vaqtida to'xtamasangiz, bilingki, inqirozga yuz tutasiz. Ish jarayonida o'zingiz uchun o'zingiz hashamatli qulayliklarni yarating. Olis safarga chiqmang, omadsizlikka yuz tutasiz.

Xushvaqt bo'ling! Hammavaqt bo'ling!

Olimjon HAYIT tayyorladi

loading...