Asabi bo'shlar ko'rmasin! To'pig'i joyidan siljigan Gomesh, unga sog'liq so'rab duoga qo'l ochgan Orye, yig'layotgan Son FOTO va VIDEO

0

Angliya chempionati 11-turidan o'rin olgan “Everton” – “Tottenhem” bahsida (1:1) ko'ngilsiz holat yuz berdi.

Uchrashuvning 78 daqiqasida mehmonlar a'zosi Son Xyon Min raqib futbolchisi Andre Gomeshga qo'pollik ishlatdi. Gomesh yiqilayotgan vaqtida “shporlar” himoyachisi Serj Orye bilan ham to'qnashib ketdi va oqibatda juda og'ir jarohat oldi.

Koreyalik hujumchi jabrlangan o'yinchining holatini ko'rib, shokka tushib qoldi va yig'lab yubordi. Uchrashuv referisi esa unga qizil kartochka ko'rsatib, maydondan chetlatdi.

O'zi kutmagan holda noxush vaziyatga aralashib qolgan Serj Orye esa qo'lini duoga ochib, Gomeshga sog'liq so'ragan holati uchrashuv kameralaridan biriga muxrlanib qoldi.

 

loading...