Bashoratchi Grigoriy Rasputin o'z davrida Uchinchi jahon urushi haqida quyidagilarni bashorat qilgandi… (yuragi zaiflar o'qimasin)

0

 

Bir paytlar Rossiya podshosining xos bashoratchisi hisoblangan Grigoriy Rasputin Chernobыldagi atom elektrostansiyasi halokati, podsho oilasining fojiali o'limi haqida bashorat qilgan va bashoratlari haqiqatga to'g'ri kelgan. U o'z davrida Uchinchi jahon urushi masalasiga ham to'xtalgan ekan.

— Odamlar tobora halokat jarligi tomon yaqin bormoqda, — degandi Rasputin. — Rossiya, Fransiya, Italiya va yana bir qator davlatlar tepasiga xalqni boshqarish ilmidan butkul yiroq shaxslar kelib o'tiradi. Odamzod ahmoq va yaramaslar dastidan juda mushkul ahvolda qoladi. Tafakkurni zanjirband etishadi. Xalqni boshqarish ilmidan bexabarlar o'z siyosatiga xalqlarni bo'ysundirish payida bo'ladi. Shuning oqibatida dunyo ahlining aksariyati ularning siyosatini qo'llab-quvvatlay boshlaydi. Xudoni unutishadi. Ammo xudoning jazosi yaqin emas. Lekin shafqatsiz kechadi…

Rasputin aytgandiki, davlatlar tepasiga kelib o'tirganlar dastidan mamlakatlar o'rtasida janjallar, kelishmovchiliklar, qarama-qarshiliklar hukm sura boshlaydi. Bilimsizlar bilimlilarga o'z tazyiqini o'tkazadi.

— Xudo bardoshli, — davom etadi Rasputin. — Lekin bardoshning ham chegarasi bor. Yaratgan uni unutganlarni bir kunmas bir kun shafqatsiz jazolaydi. U Yerga uchta ilonni yuboradi…

Tarixchilar Rasputinning shu so'zlaridan uch ilon o'rnida aslida uchta davlatboshi ko'zda tutilganini ta'kidlashdi.

— G'arbdan qonxo'r knyaz keladi, — davom etgandi Rasputin. — U odamlarni boylikning quliga aylantiradi. Sharqdan esa yana bir boshqa knyaz keladi va odamlarni qashshoqlik quliga aylantiradi. Yevropa yo'llari bo'ylab uchta och ilon kezadi. Ortida kul va qora tutun qoldirgan holda olg'a boradi. Dunyo ahlini qon va chang-to'zon, kul orqali olib o'tgach, ularning o'zi ham o'z kul hamda tutuni dastidan o'lim topadi. Urushlar boshlanadi. O'lim topadiganlar ko'p bo'ladi. Bu urushlar to Xudo yagona ekanini tan olmagunlaricha davom etadi. Urushlarda tirik qolganlar Yaratganning jiddiy sinovlaridan o'tadi. Yerda iqlim o'zgaradi. Qachonlardir sovuq hukmronliq qilgan yerlarda issiq havo hokimlik qiladi. Issiq havo ta'sirida bo'lgan yerlarga esa muzliklar yaqinlashadi.

Albatta, bu siz-u biz kabi oddiy bir odamning bashorati xolos. Aslida Ollohning amrisiz hech kimga tikon kirmaydi. Bandalardan unga ishonish, sodiq qolish va shukr qilish talab etiladi. Shunda albatta hayot tinch, osoyishta, baxtli kechadi inshoolloh.

Astag'firillo!!!

 

loading...