Toshkentda 29 yoshli erkak ayol kishidan o'g'lini o'qishga kiritib qo'yishga va'da berib 2000 dollarni o'marib qochdi…

1

 

Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmasi xabariga ko'ra, shu yil may oyi o'rtalarida 29 yoshli erkak M. M. 37 yashar Sh. I. ismli ayolga o'g'lini ichki ishlar akademiyasiga o'qishga kiritib qo'yishni va'da qilib 2000 dollar pul olgan. Bundan tashqari, shu pullar evaziga ayolning qizini va jiyanini nufuzli maktabga joylashtirishga so'z bergan. Ushbu xizmatlar uchun ayol unga oldindan 1900 dollar va 3 500 000 so'm pul bergan. Afsuski, va'dasini bajarmadi. Pullarni ham qaytarmadi. Shundan keyin ayol militsiyaga shikoyat arizasi bilan murojaat qilishga majbur bo'ldi.

Hozirda ushbu fakt yuzasidan jinoiy ish qo'zg'atilgan.

 

loading...

1 TA FIKR

  1. Pora beruvchini xam jazolash kerak pora oluvchi pora beruvchini majburlamagandir. Uz bilimiga tayanib ukishga kirsin pul berib ukishga kirsa undan kanday mutaxassis chikadi

Comments are closed.