TUN KULGISI…

0

 

 

* * *

 

Teatr. Tomoshabinlar o'z joylarini egallashmoqda. O'rindiqlardan birida erkak oyoqlarini qo'shni o'rindiqqa, qo'llarini yana boshqa bir o'rindiqqa qo'yib olgancha o'tirardi. Joy egasi kelib dedi:

— Kechirasiz, bu joy meniki edi. Oyoq-qo'llaringizni yig'ishtirib olasizmi?

Jimlik.

— Menga qarang, joyni bo'shating!

Jimlik.

Joy egasi uning yoqasidan g'ijimlab baqirdi.

— Vey, eshitayapsanmi? Joyni bo'shat dedim! Qaerdan kelib qolding o'zi sen yaramas?

Erkak sekin ko'zlarini ochdi-da, bazo'r shivirladi.

— Balkondan tushdim…

 

* * *

 

Gadoy katta ko'chada turib olgancha tilanayapti:

— Kambag'al bir soqovga sadaqa qilingla-ar!

 

* * *

 

— Og'ayni, mendan «Ishlaring qalay?», deb so'rasang-chi!

— Xo'sh, ishlaring qalay?

— E-e-e!.. So'rama!..

 

* * *

 

— Do'xtir, xotiramni yo'qotib qo'ydim.

— Qachon yo'qotdingiz?

— O'n sakkizinchi mart, soat to'qqizdan besh daqiqa-yu, 18 soniya o'tganda.

 

* * *

 

Juhud do'stidan sigaretini yoqib olish uchun gugurt so'radi.

— Bermayman! — dedi do'sti.

— Ie, nega?

— Men sening yomon odatingni sezib qoldim. Qachon gugurt so'rab olsang, bitta donasini kamaytirib qaytarasan.

 

* * *

 

— Nega buncha qovog'ingni osiltirib olibsan? Biror narsa bo'ldimi?

— Kecha dollar sotib olgandim, pulim qolmadi.

 

* * *

 

Erkak vrachga dedi:

— Xotinimning qulog'i kar bo'lib qoldi.

— Uni mening huzurimga olib keling. Men dori yozib beraman, ichsa ikki-uch kunda tuzalib ketadi.

— Buning iloji yo'q. Chunki, yo'ldan o'tayotganda mashina signal bersa eshitmaydi. Halokatga uchrasa, men nima qilaman keyin.

— Unda sizga maslahat. Oldin o'n qadam nari borib baqiring, eshitmasa, to'qqiz, yana eshitmasa, sakkiz… Xullas, necha qadamdan eshitsa, o'sha raqamni qog'ozga yozib keling, shunga qarab davolash usulini belgilaymiz.

Er uyga kelgach, o'n qadam nari bordi-da, bor ovozda baqirdi.

— Xotin, kechqurunga nima ovqat qilding?

Jimlik.

Er to'qqiz qadam nari borib baqirdi:

— Xotin, kechqurunga nima ovqat qilding?

Yana jimlik.

Shu ko'yi baqira-baqira oxiri bir qadam naridan turib so'nggi marotaba baqirdi:

— Xotin, kechqurunga nima ovqat qilding deb so'rayapman?!

— Voy, men sizga o'ninchi marta takror aytyapman, kechqurunga palov bo'ladi, palov!

 

* * *

 

— Oilaviy hayotingiz joningizga tegdimi? Qandaydir yangi hayotni qo'msayapsizmi? Sham yorug'idagi sovuq hammom sizning oilaviy munosabatlaringizni yangilaydi!

Hurmat bilan: Elektr tarmoqlari va issiq suv tashkiloti xodimlari!

 

* * *

 

— Azizim, siz yaqinda ota bo'lasiz!

— Ilojim yo'q, men jo'nab ketayapman!

 

* * *

 

Chumoli xotiniga dedi:

— Onasi, men fil bilan qarta o'ynashga boraman. Yutqazganning miyasiga mushtlashga kelishganmiz. Nima deb o'ylaysan? So'zida turarmikan?

— Bilmadim. Uning o'rnida men bo'lsam, so'zimda turmasdim.

— Nega?

— Chunki, sizning mushtingiz o'lguday og'ir

loading...