Yiqilgan kurashga to'ymaydi(mi)?

0

Ushbu ibora xatoga yo'l qo'yib, yana takror noqonuniy yo'llardan yurishga uyalmaydigan kimsalarga ham nisbat berib ishlatishni ma'qul topdik. Zero, Jonibek Chovdarov (ism va familyalar shartli ravishda o'zgartirildi) muqaddam  bir emas, ikki emas, to'rt marta sudlangan. Ammo yo'l qo'ygan xatolaridan saboq chiqarish o'rniga u yana jinoyatchilik ko'chasiga qayta bosh suqib ko'rdi.

Buxoro tumani “Shergiron” MFY, Dehimiyona qishlog'idagi xonadonlardan biriga bosh sukdi. Bu manzil unga tanish. U bu xonadon sohibi Toshpo'lat Kamilovni avvaldan yaxshi taniydi. 2016 yil iyul oylarida o'ziga tegishli hududda aylanib yurib, T.Kamilov bilan uchrashib qoladi va uning tabiiy gazdan mavjud bo'lgan qarzdorligi uchun gaz tarmog'idan uzib qo'yishi mumkinligini aytganda o'z manfaatini o'ylagani, to'g'rirog'i, ta'maga shama qilgani asil haqiqat. J.Chovdarov xuquqiy ahamiyatga ega bo'lmagan dalolatnoma to'ldirib berish orqali fuqaro T.Kamilovning ishonchiga kirib  oldi. Unga foydalanilgan gaz uchun 1 million 600 ming so'm hisoblagichini davlat qiyoslov ko'rigidan o'tkazib berishni va o'rnatib berishi uchun  100 AQSh dollarini qo'lga kiritgan edi.  Olgan pullaridan 400 ming so'mini gaz idorasi kompyuteriga kirim qilib, pulni  kassaga topshirgan bo'lsa-da, qolgan pullarni  o'z ehtiyojlari uchun ishlatib yubordi.

2019 yil 11 fevral T.Kamilov qo'ng'iroq qilganida J.Chovdarov biroz hushyor tortib avvalgi qilmishini o'yladi.

— “Billinggaz” dasturi bo'yicha gazdan qarzingiz yo'q , akajon, — dedi aybini xaspo'shlash uchun. — O'sha tuzgan dalolatnomani gaz idorasiga o'z vaqtida topshirmaganim mening kamchiligim. Shuni mana bu do'stimiz bilan birga tuzatib beramiz, aka, — deb  u bilan birga borgan M.Nozimovni tanishtirgan bo'ldi.

Go'yoki, 2016 yil 21 avgustda T.Komilov xonadoni gaz tarmog'idan uzib qo'yilgan, deyilgan mazmunda kelishilganidek, yana birta  soxta dalolatnoma tuzildi. Tuman gaz idorasining sobiq xodimi chilangar familiyasini tirkab imzo ham qo'yib berildi.

— Shu-u.. desangiz yangi gaz hisoblagich o'rnatmoqchi edim, men tushunmayman. Shungayam yordam bersangizlar, — dedi T.Komilov.

— Gap bo'lishi mumkin emas. Albatta,  yordam beramiz. Gaz hisoblagich 600 ming so'm, usta haqi 100 ming so'm.

T.Komilovdan 100 AQSh dollari qo'lga kiritgan J.Chovdarov ish  teskarisiga ketishini xayoliga ham keltirmagan edi. T.Komilov J.Chovdarovning tuman gaz idorasida ishlamasligini eshitib qolib telefon qildi. Avvaldan qolgan qarzni ham yangi gaz hisoblagich uchun bergan  100 dollarni ham qaytarishini aytdi.

J.Chovdarov MIB Buxoro tuman bo'limi tomonidan jinoyat ustida qo'lga olindi. Mana, xatolardan saboq chiqarmagan yigit xatti-harakatining intihosi. Shuning uchun inson  qanday ishga qo'l urmasin, avvalo, uning oqibatini o'ylab ko'rishi lozim.

loading...