Endi “vaqtinchalik propiska” bilan ham xorijga chiqish pasportini olish mumkin bo'ladi

1

Loyiha muhokamaga qo'yilgach, ko'pchilik qatori biz ham, avvaliga ko'zlarimizga ishonmadik. Nahotki, Ichki ishlar vazirligi fuqarolarni o'ylab, shunday yengillikka qo'l urgan bo'lsa. Chunki avtomobillarning pardasi, juda katta jarimalar kabi xalqning ahvolini o'ylamay chiqarilgan ko'plab qarorlar tufayli vazirlik xodimlariga nisbatan salbiy qarashlar ham shakllanib qolgan. Tan olish kerak, bu holatni tugatish, jamoatchilik bilan ishlash borasida harakatlar qilinyapti. Har hafta ommaviy axborot axborot vositalari bilan uchrashib, muhim voqealar yuzasidan hisobotlar berishyapti va jurnalist, blogerlarni savollariga javob berishmoqda. Matbuot xizmati ham jurnalistlar bilan muomalaga kirisha boshladi.

Ushbu masala yuzasidan ham, dastlab IIB matbuot xizmatiga bog'landik. Ular bizni loyihani bevosita tayyorlashda qatnashgan Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo'limiga ulab berdi. Ushbu bo'lim vakili rostdan ham ushbu loyiha IIB tomonidan fuqarolarga yengillik va qulaylik yaratish maqsadida kiritilayotganini ta'kidladi.

Quyida IIB vakili keltirgan misolda loyihani qisqacha tushuntirib beramiz:

Masalan, sizning doimiy propiskangiz Xorazm viloyatida, siz vaqtinchalik propiska bilan Toshkentda o'qiysiz yoki ishlaysiz. Shu paytda zarurat bo'lib, chet elga chiqishingizga to'g'ri kelib qoldi. Hozirda bunday vaziyatda xorijga chiqish pasportini olishga hujjatlarni topshirish uchun alohida vaqt sarflab Xorazmga borasiz, hujjatlarni topshirib, qaytib kelasiz. 10 kun, balki undan ko'proq vaqt o'tgach, xorijga chiqish pasportini olish uchun yana sarf xarajat qilib Xorazmga borasiz. Chunki, pasport, faqatgina uning egasiga beriladi. Agar quyidagi loyiha qabul qilinsa, siz bemalol Toshkentda yoki vaqtinchalik propiska bilan yashayotgan boshqa joyingizdagi IIB bo'limidan xorijga chiqish pasportini olishingiz mumkin bo'ladi.

Eslatma: quyidagi loyihada fuqarolik pasporti emas, xorijga chiqish uchun olinadigan (qizil) pasport nazarda tutilmoqda. Bu o'zgarishlar hali loyiha bo'lib, regulation.gov portaliga shu yilning 22 noyabriga qadar muhokama uchun qo'yilgan, xolos. Siz ham ushbu havola  orqali kirib, o'z fikrlaringizni bildirishingiz mumkin.

1 TA FIKR

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here