Rektor ishdan olindi. “Narxoz”ni “katta tozalash” kutyapti

0

Bugun, 5 noyabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori Bahodir Xodiyev lavozimidan ozod etildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

Prezident maslahatchilari Sherzod Kudbiyev va Abdujabbor Abduvohidov hamda DXX, prokuratura organlari vakillari boshchiligida o'tkazilgan yig'ilishda oliy ta'lim muassasalari uyg'onishi zarur ekanligi, bundan buyon qabul jarayonidan boshlab bitirish jarayoniga qadar ochiqlik va oshkoralik tamoyillari asosiy bo'lishi, bunga qarshi chiqqanlarga esa qat'iy jazo ko'rilishi ta'kidlandi.

Rektorning ishdan olinishi ortidan “Narxoz”da katta tozalash ishlari ham amalga oshirilishi ta'kidlandi.

Eslatib o'tamiz, Bahodir Xodiyev 2016 yilning may oyidan buyon Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga rektorlik qilib kelayotgandi.

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here