O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 6 noyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

0

 

 

QO'Y (21. 03 — 20. 04)

6 noyabr kuni imkoniyatingizdan ortiq ishlarni rejalashtirmaganingiz yaxshi. Baribir ortiqcha rejalar sizga naf keltirmaydi. Vaziyatga qarab ish tutavering. Asosiy ishlarning mevasini tezroq tatib ko'rish istagida bo'lsangiz, faollikni oshiring. Muhabbatda o'zingizni superqahramonga aylantirish fikridan yiroq bo'ling. Undan ko'ra tinglovchi, yon berishga moyil bo'ling. O'tmishdagi yoqimsiz lahzalarni aslo yodga olmang.

 

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

 

Bugungi kuningiz unumli kechadi. Yo'lingizda jiddiy to'siqlar uchramaydi. Astoydil mehnat qilsangiz, kechgacha yetmay moddiy ahvolingizni ham yaxshilab olasiz. Ko'cha-ko'yda ko'proq yerga boqqan holda harakatlaning. Katta pul topib olishingiz ehtimoli bor. Kimki mehnat yoki o'qish ta'tilida bo'lsa, dam olish haqida qayg'urishi maqsadga muvofiq bo'ladi. Salomatligingizni yaxshilash payida bo'lsangiz ham ortiqchalik qilmaydi.

 

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

 

6 noyabrda moddiy manfaat keltirmaydigan ishlarni ro'yxatdan o'chirib tashlashingiz tavsiya qilinadi. Bekorga vaqt va kuch sarflaganingiz qoladi xolos. Oila qurmaganlar kun davomida ajoyib tanishuvni boshdan kechirishlari mumkin. Bu uchrashuv kelgusi taqdiringizni ham belgilab berishi mumkin. Bardam bo'ling! Ovqatlanish qoidalari va rejimiga e'tibor bilan yondashing. Bu masalada chegaradan chiqishingiz tavsiya etilmaydi. Yoki parhez boshlang. Kechqurun toza havoda sayr qilishni unutmang.

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

 

Nihoyat har bir inson o'z baxtining temirchisi ekanini anglab yetasiz. Shu narsa sabab bo'lib juftingizga bo'lgan munosabatlarni yanada qaynatishga intilasiz va buni ajoyib tarzda uddalay bilasiz. Shaxsiy biznesiga egalar, san'at va texnika namoyondalari uchun bugungi kun har jabhada omadli kechadi. Mayli, kuchingiz qolmasin, ammo sira taslim bo'lmang. Asabni asrang. Salomatlikni mustahkam tuting. Omad sizga yor bo'lsin!

 

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

 

6 noyabr kuni juda e'tiborli bo'lishingiz, hayotingizda yuz berishi mumkin bo'lgan bironta ham muhim voqeani o'tkazib yubormasligingiz talab etiladi. Taqdir sizga bir olam yoqimli va yorqin lahzalarni, uchrashuvlarni hadya etadi. Bularning barchasi o'zingizga bo'lgan ishonchni oshirishiga sira shubha yo'q. Ishxonadagi ishlaringiz ham o'z maromida oldinga siljishda davom etadi. Moliyaviy muammolarni bartaraf etishda eski usulingizdan foydalangan holda harakatlar sodir eting. Xudo berganiga shukr qiling.

 

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

 

Bugun kunning birinchi yarmida ruhiy holatingiz haqida qayg'urishingiz kerak bo'ladi. Kayfiyatning sakrashi, injiqlik, jahldorlik holatlaringizga barham berish payti yetdi. Moddiy ahvolingizni to'kislashda ham sizdan juda ko'p kuch va imkoniyat talab qilinadi. Agar doimiy maoshga ega bo'lsangiz, ortig'iga talpinib ovora bo'lmang. Orzularning hammasi ham yuz foiz haqiqatga aylanavermaydi. Bardoshli bo'ling!

 

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

 

6 noyabrda oilada kim xo'jayinligini yana bir bor aniqlab olish harakatiga tushishingiz mumkin. Ajablanarlisi, oila a'zolaringiz bu harakatlaringizga xotirjamlik bilan munosabat yurita boshlaydi. Siz yetakchi ekaningizni tan olishadi, ishonavering. Muhabbatda juftingizning ham fikrlari bilan hisoblashishingizga to'g'ri keladi. Ishxonangizda yuqori lavozimga ega chiqish uchun qulay imkoniyat paydo bo'lishi mumkin. Otni qamchilang.

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

Bugun chayon burji ostida tavallud topganlar o'zlarini erkalash harakatida ishqiy sarguzashtlarga berilishlari, yoqimli xaridlar sari talpinishlari mumkin. Ovqatlanish masalasida ham o'zingizni chegaralamang. Ta'bingiz tortgan ovqat borki, sira tortinmasdan iste'mol qilavering. Sport bilan shug'ullansangiz, ehtiyot bo'ling. Jarohat olishingiz xavfi bor. Salomatligingiz yomonlasha boshlaganini payqasangiz, darrov vrachga choping.

 

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

6 noyabr kuni yo ishda, yo shaxsiy hayotda kim bilandir rosmana bahslashib qolishingiz kutilmoqda. Ammo bu ishga ham, kayfiyatga ham salbiy ta'sir o'tkaza olmaydi. Faqat kunni aniq reja asosida kechirish payida bo'lsangiz, undan kechib vaziyatga bo'ysunishga majbur bo'lasiz. Kimlardir kechki payt olis safarga otlanadi. Safar davomida ajoyib uchrashuvni boshdan o'tkazasiz. Shu inson bir umr siz uchun haqiqiy do'stga aylanishi ehtimoldan xoli emas.

 

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

 

Bugun avvalo moliyaviy, xo'jalikdagi muammolarni bartaraf etish, qurilish ishlari bilan shug'ullanishingiz kutiladi. Biroq bu yaxshilikka xizmat qiladi. Sizni xunuk xayollarga asir bo'lishdan asrab qoladi. Kun mobaynida o'zingizni yoqimli xaridlar, mazali taomlar bilan xursand qiling. Ishqilib, neki siz uchun yoqimli bo'lsa, o'sha narsa uchun vaqt ajrating. Ko'cha-ko'yda ehtiyotingizni qiling. Serqatnov yo'llarni kesib o'tishda nihoyatda sergak turing.

 

QOVG'A (20. 01 — 19. 02)

 

6 noyabrda xayolan kashfiyotchiga aylanib qolishingiz mumkin. Bu mashg'ulotingizga hech kim to'siq qo'ya olmaydi. Faqat ishxonadagi yumushlarni o'z vaqtida ado etib qo'ysangiz bas. Kechki payt uyga qaytishingiz pallasida yoqimli tanishuvni boshdan kechirasiz. Oilasiz bo'lsangiz, tanishganingiz ham shunday bo'lib chiqsa, uchrashuvni romantika sari yetaklasangiz ham ziyon ko'rmaysiz. Kechqurun ba'zilar muhim hujjatlar bilan ishlashi kutilmoqda.

 

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

 

Bugun qalban rahbarlikni orzulab o'zgalarga ko'rsatmalar, maslahatlar berishni xohlab qolsangiz, bilingki, odam aqli yetadigan ishlargagina qo'l ursa naf ko'radi. U ishdan butkul bexabar bo'lsangiz, sharmanda bo'lishingiz hech gap emas. Muhabbatda ham og'ir-bosiq bo'ling. Tezkorlik, tezoblik juftingiz yoki bo'lg'usi juftingiz bilan o'zaro munosabatlarga putur yetkazadi. Moliyaviy jihatdan kechqurun to'kislikka erishasiz.

Xushvaqt bo'ling! Hammavaqt bo'ling!

Olimjon HAYIT tayyorladi

loading...