Andijonda MIB xodimi kaltaklandi

0

Andijonda qarzdorlik sabab xonadonni elektr tarmog'idan uzayotgan MIB xodimi kaltaklandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Ma'lum bo'lishicha, O.S. elektr energiyasidan qarzdorligi sababli yashash xonadonini tarmoqdan uzayotgan MIB Andijon shahar bo'limi davlat inspektorlarining qonuniy faoliyatiga qarshilik ko'rsatib, 1 nafarini yog'och bo'lagi bilan urib, tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan 5 noyabr kuni Andijon shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 1-qismi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko'rsatish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Ushbu moddada eng kam oylik ish haqining 50 baravarigacha miqdorda jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 1 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazosi ko'zda tutilgan.

Hozirda voqea yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

daryo.uz

loading...