MIB xodimiga qo'l ko'targan shaxsga chora ko'rildi

0

MIB xodimlari tomonidan o'z xizmat vazifalarini bajarish, ayniqsa, kommunal to'lovlarni undirish borasida qarshiliklarga duch kelayotgani rost gap.

Ba'zi fuqarolarimiz o'z majburiyatlarini bajarish o'rniga  MIB xodimlariga  qarshilik ko'rsatish bilan masalani hal qilishga urinishmoqda.

Oqibatda esa ham o'zi, ham boshqalar jabr ko'rmoqda.

MIB Andijon shahar bo'limi davlat inspektori tomonidan shaharning Birlashgan ko'chasida yashovchi fuqaro O.Sobirovaga sentyabr oyida iste'mol qilingan elektr energiyasidan bo'lgan 3 mln 835 ming so'm qarzdorligi uchun talabnoma taqdim etilgan bo'lib, iste'molchi belgilangan muddatda qarzdorlikni bartaraf etish choralarini ko'rmagan.

Ushbu iste'molchining 03.10.2019 yil holatiga elektr energiyasidan jami 4 mln. 527 ming so'm qarzdorligi yig'ilib qolgan.

Shu sababli, joriy yilning 4 oktyabr kuni MIB Andijon shahar bo'limi davlat inspektorlari fuqaro O.Sobirovaning yashash xonadonini tarmoqdan uzmoqchi bo'lganida, O.Sobirovaning onasi M.Kichikova davlat inspektorilaridan birini  uyidan o'zi bilan olib chiqqan xoda (yog'och bo'lagi) bilan urib, xizmat vazifasini bajarishiga faol qarshilik ko'rsatgan.

— Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 219-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan, — deydi Majburiy ijro byurosi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo'limi boshlig'i Farrux TOShPO'LATOV.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here