Taylandda nazorat o'tish punktiga jangarilar hujum qildi. 15 kishi o'lim topdi…

0

 

5 noyabr kuni kechqurun Tayland janubida joylashgan nazorat o'tish punktiga qurollangan jangarilar hujum qilgan. Otishmalar oqibatida 15 kishi halok bo'ldi. Ularning 14 nafari tinch aholi vakillari, bir nafari esa politsiya xodimi ekani haqida ma'lumot tarqatilgan.

Ayni paytda jangarilar qidirilmoqda.

Eslatib o'tamiz, 6 noyabr kuni tojik-o'zbek chegara zastavasiga 20 nafar qurollangan jangari hujum qilgan. Oqibatda 17 kishi halok bo'ldi. Jangarilarning 15 nafari yo'q qilindi, 5 nafari asirga olindi.

 

loading...