DUNYo BO'YIChA TARIXDA 8 NOYaBR KUNI QANDAY VOQEALAR SODIR BO'LGAN?..

0

 

1623 yil. — Shekspirning ilk asarlar to'plami nashr etildi.

1724 yil. — Rus shohi Pyotr I cho'kayotgan askarlarni qutqarish uchun Neva daryosiga o'zini tashladi. Keyinchalik shohning o'limiga xuddi shu amali oqibatida qattiq shamollashi sabab bo'lgan.

1793 yil. — Luvr eshiklari ilk bor milliy muzey sifatida oddiy xalq uchun ochib qo'yildi.

1872 yil. — Amerikalik muhandis Kristofer Shoulz tadbirkor Jeyms Densmor homiyligi ostida dunyodagi birinchi yozuv mashinkasini keng omma e'tiboriga havola etdi.

1895 yil. — Nemis fizigi Vilgelm Kondrad Rentgen rentgen nurlarini yaratdi.

1904 yil. — Amerikada o'tgan prezidentlik saylovlarida Teodor Ruzvelt g'alaba qozondi.

1905 yil. — Kronshtadtda matroslar qo'zg'oloni boshlandi.

1917 yil. — Qishki Saroyga hujum uyushtirildi. Moskvadagi bolsheviklar qaqshatkich janglar natijasida Kremlni egalladi.

1939 yil. — Myunxenda o'tgan pivo bayramida Gitlerga suiqasd uyushtirildi. Ammo Gitler oldindan qo'yilgan bomba portlashiga 10 daqiqa qolganda, u yerni tark etdi.

1961 yil. — Quvnoqlar va zukkolar klubi (KVN) ilk bor teleekranlarda paydo bo'ldi.

2000 yil. — Xillari Klinton Nyu-Yorkda o'tgan senat saylovlarida g'oliblikni qo'lga kiritdi.

Olimjon HAYIT tayyorladi

loading...