O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 9 noyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

0

 

 

 

QO'Y (21. 03 — 20. 04)

 

9 noyabr kuni hayot yo'lingizni to'siqlardan, zararli lahzalardan tozalash bilan shug'ullaning. Zimmangizdagi vazifa og'ir, ammo ezgulikka yetishishni istasangiz, bu og'irlikka bo'ysunmasligingiz kerak bo'ladi. Atrofdagilarni qaysidir masalada aldashga urinmang. O'zingizga qiyin bo'ladi. Pul bilan bog'liq operatsiyalarda tavakkalchilikdan yiroq bo'ling. Qalbingiz yetarlicha mehr-oqibatga to'la bo'lsa, shaxsiy hayotingiz asaldek totli kechadi.

 

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

 

Oilali bo'lsangiz, juftingiz bilan o'zaro munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqishingiz talab etiladi. Bu ishda yaqin do'stlar maslahati asqotishi mumkin. Kun davomida organizmingizni zararli moddalardan, miyangizni bo'lmag'ur xayollardan tozalashga harakat qiling. Ruhiy holatingizni me'yoriy holatda ushlang. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Tuhmatga qolishdan saqlaning.

 

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

 

9 noyabrda yirik xaridlarga qo'l urmay qo'ya qolganingiz ma'qul. Ular yaqin kelajakda sizni inqirozga yuz tuttirishi mumkin. Muhabbatda oilasizlar har taraflama bosh qotirish bilan band bo'lishadi. Lekin kechqurunga borib muammo hal bo'ladi. Moliyaviy muammolarni ijobiy hal etishda yaqin tanishingiz yordam qo'lini cho'zishi kutilmoqda. Oilalilarga maslahat shuki, tashqarida ishqiy sarguzashtlarga berilmang. Oilangiz buzilib ketishi hech gap emas. Kechqurun sevimli kitoblaringizdan birini o'qib vaqt o'tkazing.

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

 

Yangi tanishuvlarni amalga oshirsangiz, juda sergak va muloyim bo'ling. Tilingizga aslo erk bera ko'rmang. Aks holda yangi tanishuv katta janjal bilan yakun topishi mumkin. Shaxsiy biznesiga ega do'stlarimiz katta ishga pul tikishdan oldin tarozining ikki pallasini yaxshilab ko'zdan o'tkazishlari lozim. Arzimas xato ham katta yo'qotishlarga olib kelishi mumkin. Bugun tanani chiniqtirishga yo'naltirilgan muolajalar xayrli o'tadi.

 

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

 

9 noyabr kuni arslon burji ostida tug'ilganlar birinchi bo'lib baxtli kelajak haqida reja tuzib olishlari kerak. Garchi moddiy jihatdan bunga tayyor bo'lmasangiz ham, baribir reja tuzishdan bosh tortmang. Ishxonangizdagi yumushlarni ado etishda barcha shubhalarni chetga surib, o'zingizga to'liq ishongan holda harakatlar sodir eting. Ayrimlarning shaxsiy hayotida mayda ko'ngilsizliklar yuzaga kelish xavfi bor. Bunday vaziyatda aql bilan ish tuting.

 

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

 

O'zingizcha qarshingizda mavjud vaziyatlarni o'zgartirishga urinmang. Taqdirga itoat eting. Xotirjam torting. Oilali bo'lsangiz, bugungi kuningizni to'liq farzandlar uchun bag'ishlasangiz ham yomon bo'lmaydi. Bolalar tarbiyasida ehtiyotkorlik juda zarur bo'ladi. Kun oxirida daromadlarni va xarajatlarni obdon ko'zdan o'tkazing. Surunkali xastalikka yo'liqqan bo'lsangiz, dorilaringizni o'z vaqtida ichishni unutmang.

 

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

 

9 noyabrda oila qurmaganlar bo'lg'usi taqdirdoshi bilan munosabatlarni yanada mustahkamlash imkoniga ega bo'lishadi. Ammo unga aytmoqchi bo'lgan gapingizni avval miyangizda tahlildan o'tkazing. Ishxonada zimmangizdagi vazifalarni faqat o'z kuchingizga tayangan holda amalga oshiring. Yangi loyihalarga qo'l ursangiz, albatta omad sizga kulib boqadi. Yolg'izlarning ba'zilari bugun kechki payt orzusidagi insonni uchratishi mumkin.

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

Bugungi kuningiz xarajatlar bilan boshlanishi kutilmoqda. Ammo me'yor bo'ladi. Xavotirga o'rin yo'q. Bugun salomatlikni mustahkamlash ham muvaffaqiyatli kechadi. Vitaminga boy mahsulotlarni ko'proq iste'mol qiling, parhez tuting va spirtli ichimliklardan voz keching. Janjalkashlardan nariroq bo'ling. Sershovqin davralardan qoching. Ular ham janjallarni keltirib chiqarishi hech gap emas.

 

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

9 noyabr kuni yirik xaridlarga beixtiyor mukkangizdan keta boshlashingiz mumkin. Ammo bu yaxshilikka emas. Zudlik bilan to'xtashingiz kerak. Ishga, o'qishga kech qolmasligingiz, mas'uliyatni chuqur his etishingiz, odamlar bilan muloqotda muloyim bo'lishingiz tavsiya etiladi. Bugun kimki sayohatga otlansa, albatta muvaffaqiyatlar uniki bo'ladi. Kechqurun ovqatlanish rejimiga ko'z tashlab oling.

 

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

 

Bugun sizning kuningiz. Asosiysi, daromad mo'l bo'ladi. Faqat har jabhada qalbingizga quloq tutgan holda ish tuting. Madaniy tadbirlar muvaffaqiyatli o'tadi. Muhabbatda tashabbusni o'z qo'lingizga olishingiz lozim. Suyukli insoningiz bilan vaqtincha ayrilishingizga to'g'ri kelsa kerak. Lekin qayg'urishga asos yo'q. Ayriliq yaxshilikka xizmat qiladi, ishoning. Kechqurun ayrimlarnikiga mehmonlar tashrif buyurishi mumkin.

 

QOVG'A (20. 01 — 19. 02)

 

9 noyabrda moliyaviy muammolarni bartaraf etishda ko'ngilsiz vaziyatlar yuzaga kelishi kutiladi. Ro'zg'ordagi muammolar ham sizni mamnun torttirmoqchi emas. Muhabbatda yetti o'lchab bir kesing. Har bir qadamingizni o'ylab bosing. Kunning ikkinchi yarmida yangi tanishuvlarni boshdan kechirishingiz mumkin. Serqatnov yo'llarni kesib o'tishda hushyor bo'ling. Kissavur va firibgarlar nazariga tushishdan saqlaning.

 

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

 

Atrofdagilar, ayniqsa, oila a'zolaringiz bilan munosabatlarda jiddiy muammolar yuzaga kelishi mumkin. Kun bo'yi o'zingiz emas, o'zgalarning muvaffaqiyatlaridan xursand bo'lishga urinib ko'ring. Buni uddalay olsangiz, obro'yingizga obro' qo'shilishi tayin. Moliya bilan faqat sergak holda shug'ullaning. Bugun xizmat safariga borish, rahbarlar bilan muloqot qilish, romantik uchrashuvlar xayrli kechadi.

Xushvaqt bo'ling! Hammavaqt bo'ling!

Olimjon HAYIT tayyorladi

loading...