Parijda chechenistonlik terrorchiga nisbatan sud hukmi o'qildi…

0

 

Yaqinda chechenistonlik 49 yoshli Hasan Turchayev sud hukmiga ko'ra 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Uni dunyoda faoliyati taqiqlangan «IShID» guruhi tarkibida terror harakatlari sodir etganlikda va yoshlarni belgilangan ob'yektlarni minalashtirishga o'rgatganlikda ayblashdi.

Fransiya maxsus xizmat tashkiloti xodimlarining aytishiga qaraganda, Turchayev 2002 yili Grozniydan Fransiyaga kelib siyosiy boshpana olgan. 2005 yili mamlakat maxsus xizmat tashkiloti vakillari Turchayev diniy ekstremizmga aloqadorligini payqab qolishgan.

2013 yili Turchayev o'sha payt o'zi yashab turgan Strasburgdan Suriyaga jo'nab ketdi. 2013-2014 yillar oralig'ida Suriyada jangari kallakesarlar bilan birga bir qator janglarda ishtirok etgan, yoshlarni minalashtirish va boshqa amallarga o'rgatgan.

Jangari jazo muddatini intizom kuchaytirilgan koloniyada o'taydi.

 

loading...