Rad etilgan muhabbat tojikistonlik erkakni qotillikka yetakladi…

0

 

Yaqinda Tojikistondagi Vose tuman sudi fuqaro Xalifayev Farrux Nazarmatovichga nisbatan hukm e'lon qildi. Uni muhabbatini rad etgani uchun xotinini qasddan o'ldirganlikda ayblashdi.

Tergov materiallarida ta'kidlanadiki, 2018 yil iyun oyida Xamadoniy tumanidagi Moskva qishlog'ida yashovchi Xalifayev Farrux erta tongda uyga kirib kelgan. Shubhasiz, xotini Razzoqova Arus Saidahrorovna bolalari bilan birga shirin uyquda edi. Farrux uni uyg'otgan va boshqa xonaga o'tib u bilan jinsiy munosabatga kirishishni talab qilgan. Xotini talabini bajarishdan bosh tortgan. Shunda Farrux xotiniga ketma-ket tig' zarbalari yo'llagan. Jami 13 marta xotinining tanasiga pichoq sanchgan. Ayol o'sha joyning o'zida o'lim topgan. Farrux esa darhol tuman ichki ishlar bo'limiga borib qilmishini bo'yniga olgan. Unga nisbatan jinoiy ish qo'zg'atilgan.

Sud Xalifayev Farruxni 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum etdi. Qotil jazoni intizom kuchaytirilgan koloniyada o'taydi.

 

loading...