Ashxoboddagi do'konlarda viloyatlardan kelganlarga mahsulot sotishmayapti…

0

 

Shu yil 12 noyabr kuni Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahridagi 30- mikrorayonda joylashgan «Qoraqum» davlat do'konidagilar uzundan-uzun navbat hosil qilgan kommunal xo'jalik tashkiloti xodimlarini haydab solishdi. Ularning aytishicha, davlat do'konlari viloyatdan kelganlarga mahsulot sotmas ekan. Navbatda turgan ayollar Ashxobod shahrida haqiqatan ro'yxatda turishi haqidagi hujjatni ko'rsata olishmagan.

— Viloyatlarda ish yo'q, — dedi do'kondan haydalgan ayollarning biri. — Shuning uchun poytaxtga kelib yarim legal, yarim nolegal holatda ishlashga majburmiz. Tekshirib keladiganlar, politsiya inspektorlariga haydab solmasliklari uchun pora berishimizga to'g'ri keladi. Ijara haqi to'laymiz. Shuning uchun qornimizdan pulni iqtisod qilish niyatida davlat do'konlaridan yegulik sotib olardik. Shuni ham ko'p ko'rishdi bizga.

Ashxoboddagi barcha davlat do'konlarida hozir kamyob hisoblangan un, non, tuxum, o'simlik yog'i kabilar arzon narxlarda sotiladi. Shu sababli ko'pchilik navbatda turib bo'lsa-da o'sha mahsulotlarni sotib oladi. Do'konlar eshigi yonida politsiyachilar navbatchilik qiladi.

 

loading...