Qarzdor ota qonun talabini tushundi va…

0

Fuqarolik ishlari bo'yicha Kogon tumanlararo sudining 17.04.2015 yildagi sud buyrug'iga asosan X.Xaitov hisobidan N.Sulaymonova foydasiga 1 nafar voyaga yetmagan farzandining ta'minoti uchun oylik ish haqi va boshqa daromadining ¼ qismi miqdorida aliment undiruvi belgilandi.

MIB Kogon shahar bo'limi davlat ijrochisi tomonidan alimentchi ota X.Xaitov bilan olib borilgan profilaktik suhbatlar natijasida qarzdor qonun talabini tushunib yetdi va undiruvchi N.Sulaymonova bilan o'zaro kelishganligi bois, bir yo'la oldindan besh yillik 2019 yil 1 noyabrdan 2024 yil 1 noyabr kuniga qadar bo'lgan davr uchun 36 584 000 so'm aliment pullarini to'lab berdi.

Shuningdek, undiruvchi N.Sulaymonovaning aliment undirish haqidagi ijro ishi yurituvini tamomlab, ijro hujjatini qaytarib berishini so'rab murojaat qilgan.

Yuqoridagilarga asosan, ijro ishi yurituvi «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi Qonunning 40-moddasi 1-qismi 1-bandiga binoan tamomlanib, ijro hujjati undiruvchi N.Sulaymonovaga qaytarildi.

Ijro ishi yurituvi tamomlanib, ijro hujjati undiruvchiga qaytarilganligi bois, X.Xaitovning O'zbekiston Respublikasi hududidan chiqishini vaqtincha cheklash borasidagi ta'qiq bekor qilindi.

loading...