O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 14 noyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

0

 

 

 

QO'Y (21. 03 — 20. 04)

 

Bugun aqlan zo'riqishdan saqlanishingiz tavsiya qilinadi. Aks holda miyangizda jiddiy muammolar yuzaga keladi. Dam olish e'lon qiling. Bunga loyiqsiz. Maqsadingizdan bexabarlar bilan ishda poyga o'ynashingiz sira shart emas. Buning o'rniga jamoaviy ish tashkil eting. Tezroq ezgu maqsadlarga yetasiz. Basharti xastalangan bo'lsangiz, davolanish va oyoqqa turishning zarur choralarini ko'ring. Kechqurun albatta toza havo sayriga chiqing.

 

BUZOQ (21. 04 — 20. 05)

 

14 noyabr kuni bir-biridan ajoyib hodisalarga guvoh bo'lishingiz kutilmoqda. Safar, romantik lahzalar oila qurmaganlar uchun atalgan. Bu imkoniyatdan to'g'ri foydalaning. Oilalilar xonadonida bolalar tarbiyasi bilan bog'liq muammolar tug'ilishi mumkin. Faqat bolalarga qattiq tegmagan holda tarbiyaviy soat olib boring. Ovqatlanish rejimiga qat'iy amal qilishni ham asosiy vazifangizga aylantiring.

 

EGIZAKLAR (21. 05 — 21. 06)

 

Shaxsiy hayotda qat'iy bir qarorga kelishingiz kerak. Oilasizlar sevgi uchburchagiga tushib qolishdan saqlanishlari talab etiladi. Moliyaviy muvaffaqiyatlar kimki pulni tejab ishlata olsa, o'shalarga kulib boqadi. Xaridlar, dam olish onlarini mazmunli o'tkazish uchun yetarli mablag'ga ega bo'lasiz. Kechqurun yoga, sportning yengil turlari bilan shug'ullanish foydali kechadi. O'zingizni ehtiyot qiling.

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 22. 07)

 

14 noyabrda shaxsiy biznesi borlarning kuni tug'adi. Ayniqsa, reklama biznesida omadli lahzalar ko'p bo'ladi. Ro'zg'ordagi muammolarni faqat jamoaviy tarzda bartaraf etishingiz mumkin. Buning uchun oila a'zolaringizni ishga solishingiz zarur. Juftingizning norozilangan ohangdagi shikoyatlarini eshitishingiz ham aynan bugunga to'g'ri keladi. Uni bardosh bilan tinglab, janjal yuzaga kelishiga yo'l qo'ymang.

 

ARSLON (23. 07 — 23. 08)

 

Bugun chuqur nafas olib astoydil ishga kirishing. Ishlaringiz albatta o'ngidan keladi. Vujudingizda tog'ni tolqon qilishga yetadigan kuch qaynab turibdi. Undan to'g'ri foydalaning. Muhabbatda tinglovchiga aylaning. Bu ikki o'rtadagi munosabatlar saqlanib qolishini ta'minlaydi. Hadeganda juftingizdan nuqson qidirishni bas qiling. Shuning orasida ro'zg'or ikir-chikirlarini ham joy-joyiga qo'ying.

 

PARIZOD (24. 08 — 22. 09)

 

14 noyabr kuni o'ta kuzatuvchan odamga aylanishingiz tavsiya etiladi. Faqat osmonga qaragan holda yursangiz, oyoqlaringiz ostidagi brilliantni payqamay o'tib ketishingiz mumkin. Kuzatuvchanlik asosiy ishda juda asqotadi. Tadbirkorlar uchun moliyaviy masala jumboqlardan iborat bo'ladi. Bu jumboqlarning yechimini topish uchun raqobatchilarni nazoratingiz ostiga oling. Kechqurun yaqinlaringiz sizga har jabhada yordam ko'rsatadi.

 

TAROZI (23. 09 — 23. 10)

 

Kim kechagi ishni bugunga qo'ygan bo'lsa, bilsinki, bugun yana yangi muammolarga ro'baro' keladi. Ayb o'zingizda. Endi kechagi va bugungi muammolarni baravar bartaraf etishga kirishasiz-da. Ish jarayonidagi muvaffaqiyatlarni unutib qo'ymaslik uchun bloknotga qayd eta boring. Ishxonada rahbarlar bilan bahslashmang. Mukofot pulidan mahrum etishlari mumkin. Shaxsiy ish yuzasidan amalga oshiriladigan safar omadli kechadi.

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

14 noyabrda tadbirkorlar foydali kelishuvlarni tashkil etib, intihosi mo'may daromaddangina iborat shartnomani imzolashadi. O'y sursangiz, maydalashib o'tirmang. Katta ishlar haqida fikrlang. Yirik xaridlarning yaqiniga ham bormang, yo'qotishlarga yuz tutasiz. Juda og'ir vaziyatda qolgan taqdiringizda ham birovdan qarz ko'tara ko'rmang. Olloh sizga yor bo'lsin!

 

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

Bugun ish bajarishda do'stlar yordami zarur bo'ladi. Bundan tashqari, ruhiy tayyorgarlik ham puxta bo'lishi lozim. Mushkul vaziyatlardan o'z kuch va imkoniyatlaringizga suyangan holda chiqib ketishga harakat qiling. Tadbirkor bo'lsangiz, xayriya ishlariga e'tibor qarating. Jamiyatdagi obro'-e'tiboringiz ortadi. Kimlardir bugun kechqurun xizmat safariga chiqishi kutiladi. Safaringiz bexatar bo'lsin!

 

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

 

14 noyabr kuni ishlaringizda chalkashliklar ko'zga tashlanadigan bo'lib turibdi. Rejalaringiz yuksaklarni ko'zlagandi. Biroz pastga tushishingizga to'g'ri keladi. Hayotga real ko'z bilan boqa boshlang. Samolyotda uchish va olis safarni boshqa kunga qoldiring. Bu salomatligingizga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Surunkali xastalikka chalinganlar dorilarini o'z vaqtida ichsinlar. O'zingizni ehtiyot qiling.

 

QOVG'A (20. 01 — 18. 02)

 

Birovlarni tanqid ostiga olishdan tiyiling. Oldin o'z ishlaringizga ko'z tashlang. Ishlaringiz aytarli unumli kechmayapti. Demak, reja puxta bo'lmagan. Agar u puxta tuzilsa, kelajakda albatta muvaffaqiyatlar sizniki bo'ladi. Muhabbatda yolg'izlar yaqin o'tmishdagi xatoliklarni takrorlab qo'yishlari mumkin. Ichki sirlaringizni hatto yaqin do'stlarga ham oshkor qilmang. Ishlaringiz o'ngidan kelsin!

 

BALIQ (19. 02 — 20. 03)

 

14 noyabrda bir-biridan ajoyib sovg'alarni qabul qilib olishga tayyor turing. Bugun sizni ko'ngilsizliklardan xudoning o'zi asraydi inshoolloh. Zahiradagi pullarni ishlatib qo'ymasligingiz tavsiya etiladi. Bir necha haftadan keyin ular sizga juda asqotib qolishi mumkin. Moliyaviy masalada xazinaga ega bo'lmassiz. Ammo pulsiz ham qolib ketmaysiz.

Xushvaqt bo'ling! Hammavaqt bo'ling!

Olimjon HAYIT tayyorladi

loading...